7
Kirish
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarining
hissasi oshib
borayotgan hozirgi paytda ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir
korxona, firma yoki tadbirkor raqobat sharoitlarida xo‘jalik yuritish tizimida sifatli
maxsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishda o‘ziga
xos munosib
o‘rin egallashga intiladi.
YUrtimizda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 7
fevralda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida” gi Qarori, 2015-2019 yillarda
sanoatni ustuvor darajada
rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi
natijasida sanoat tarkibida
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta
ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
“Korxonalarning rivojlanish strategiyasi” fani iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida tarmoq va korxonalarda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini
nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish va uni mo‘‘tadil rivojlantirishning echimlarini
topishda hamda magistratura ta’limi “Iqtisodiyot (real sektor)” mutaxassislarini
shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va
xulosalaridan mamlakat real
sektor tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarini rivojlantirishda keng
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: