O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


  9.3. Moliyaviy resurslarni jalb etish shakllari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə71/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

76 
9.3. Moliyaviy resurslarni jalb etish shakllari. 
Boshqarish– aniq natijalarga erishish uchun ob’ektga maqsadli yo‘naltirilgan holda
ta’sir qilishning shakllari va usullari yig‘indisidir. Boshqarish inson faoliyatining barcha
sohalariga xosdir. SHuningdek, boshqarishning muhim sohalaridan biri moliyaviy faoliyatni
boshqarish hisoblanadi.
Moliyaviy boshqarishda har qanday boshqarish tizim kabi boshqarishning ob’ekti va
sub’ektlari
ajratiladi.
Boshqarish
ob’ekti
sifatida
turli
markazlashtirilgan
va
markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy
munosabatlar maydonga chiqadi. Moliyaviy munosabatlarni tasniflanishi bo‘yicha
boshqarish ob’ektlari 2 asosiy turga ajratiladi: davlat moliyasini boshqarish va xo‘jalik
sub’ektlari moliyasini boshqarish. SHunga muvofiq ravishda boshqarish sub’ektlari sifatida:
korxonalarning moliyaviy xizmat tizimi va moliyaviy organlar, soliq organlari kiritiladi.
Moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi barcha tashkiliy strukturalar majmuasi
moliyaviy apparat deb ataladi.
Moliyaviy boshqaruv quyidagi funksional elementlardan tashkil topadi:
- rejalashtirish- har qanday sub’ekt rejalashtirish jarayonida o‘zining moliyavaiy
holatini baholaydi va moliyaviy resurslarni ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlaydi.
Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlar tahlili asosida qabul
qilinadi.
- operativ boshqarish- moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yordamida xarajatlarni
minimumida maksimal samatlantiruvchi ko‘pni ko‘zlovchi hamda operativ tahlil asosida
ishlab chiqiladigan tadbirlar kompleksini o‘zida aks ettiradi.
-nazorat- boshqarish elementi sifatida rejalashtirish va operativ boshqarish jarayonida
amalga oshiriladi. Uning yordamida rejalashtirilgan moliyaviy resurslardan foydalanish
prognoz ko‘rsatkichlarini xaqiqiy natijalar bilan solishtirishladi.
Moliyani boshqarishning funksional elementlari ichida asosiy o‘rinni rejalashtirish
tashkil qiladi.
Moliyaviy rejalashtirishning ob’ekti bo‘lib xo‘jalik sub’ektlari va davlatning moliyaviy
faoliyati hisoblanadi. Har bir xo‘jalik sub’ekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida
muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig‘ma moliyaviy balansigacha
qamrab oladigan muhim jarayondir.
Rejalashtirish, bir qator o‘zining xususiyatli jihatlariga ega bo‘lib, ular quyidagilar
hisoblanadi:
- ma’lum tartibga solingan jarayonligi;
- axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘liqligi;
- aniq belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligi;
- vaqtinchalik tavsifga egaligi.
Rejalashtirish deganda- miqdoriy va sifat tavsifidagi ma’lum bir maqsadlarni o‘rnatish
va unga erishishning samarali yo‘lini aniqlash jarayonidir. Moliyaviy reja moliyaviy
rejalashtirishning natijasidir.






Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin