O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


 Korxonaning shartnomaviy munosabatlarini rejalashtirish. Soliqqa tortish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə79/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

13.4. Korxonaning shartnomaviy munosabatlarini rejalashtirish. Soliqqa tortish 
bazasini kamaytirish. 
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida
vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali
xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy
daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat
qiladi.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir
iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi
bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi
harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda kategoriyaning hayotda ko‘p
qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.
Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik
mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funksiyani bajaradi, degan qarash keng
tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Ularning
fikriga ko‘ra eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki busiz nazorat
funksiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas.
G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.M. Keynsning
konsepsiyasiga asoslanadi. By konsepsiyaga ko‘ra, soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari
iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi
funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy
barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P.
Samuelsonlarning fikriga ko‘ra, soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular
soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish
mumkin deb hisoblaydilar.
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasi yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi
E. De Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa
tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy
tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib,
amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furaste
hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra, davlat soliqlardan va transfert to‘lovlaridan
foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi.
Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud degan xulosa
kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin