O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


  Innovatsion menejmentning maqsadlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə87/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

95 
Innovatsion menejmentning maqsadlari.Korxona innovatsion menejmentning
maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi, an’analari va tashkilotning hayotiy davrasi
bilan bog‘liq.
Zamonaviy iqtisod xo‘jalik faoliyatining sub’ekti – bu korxona, kompaniya, firma,
korporatsiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat
oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir.
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi
hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.
U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki
ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan
strategik maqsadlari tizimi 2 – rasmda namoyish qilinadi.
Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan
maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali
foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko‘tarishdan iboratdir.
Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va
sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.
Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va
litsenziyalashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar
belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog‘liqdir.
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik
segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam
holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Sinxromarketing — bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan
tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa tebranishlar
bilan harakterlanadi. Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ancha ortiq
bo‘lishi mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni ishlab chiqarish hajmi bozor segmentining
talablaridan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Masalan, muzeylarning ish kunlarida kamroq
mijozlarga ega bo‘lishi yoki shahar transporti xizmatlariga talab hatto kun davomida
o‘zgarib turishi mumkin. Kurort hududlari aniq ifodalangan mavsumiy tebranishlarga ega.
Sinxromarketingda talab tebranishlarini silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan
narxlar, siljitish usullari va marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi
mumkin.
 korporativ;
 funksional;
 instrumental.
Korporativ strategiyalar asosan korxona resurslaridan bozor ehtiyojlarini qondirish
maqsadida yaxshiroq foydalanish imkoniyatlarini belgilaydi. SHu bilan bog‘liq holda ular
faoliyat hajmining kengayishi, bozor talabini qondirish, korxona ishchilarining
tashabbusini va ijodini rag‘batlantirish, yangi faoliyat sohalarini yaratish kabi masalalarni
hal qilishga moslashtirilgan.
Korporativ strategiyalar uch guruhga bo‘linadi: portfelli strategiyalar, o‘sish
strategiyalari va raqobat strategiyalari.
«It» — bu qisqarayotgan bozorda juda kichik ulushdagi tovar yoki tovarlar guruhi.
«It» sifatida ko‘pincha iste’molchilar tomonidan tan olinmagan tovarlar, yoki raqobatchilar
tovaridan ancha orqada bo‘lgan tovarlar, yoki ko‘p xarajat talab etuvchi va o‘sish
imkoniyatlari kam bo‘lgan tovarlar namoyon bo‘ladi. Strategik qarorlarning variantlari:





96 
narxning pasayishi va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayishi, soddalashtirish yo‘li bilan
foyda olish, bozordan chiqib ketish.
BKG usuli bo‘yicha tahlil qilish yagona portfel tarkibida korxonaning o‘rnini aniqlash,
istiqbolli strategiyalarni prognozlashga imkoniyat beradi. Tez o‘suvchi yo‘nalishlar
investitsiyalarga ehtiyoj sezadi, sekin o‘suvchilari esa ortiqcha mablag‘larga ega bo‘ladi.
Sotishlar hajmi va foyda summasi bo‘yicha deyarli har bir yo‘nalishning ulushini
hisoblash mumkin.
SHu bilan bir qatorda matritsani qo‘llash ma’lum darajada cheklangan, chunki u
faqatgina barqaror sharoitlar va ko‘rsatkichlarning cheklangan doirasi bo‘yicha natija
berishi mumkin.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin