O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


Qloyiha.- maksimal, loyihaviy ishlab chiqarish quvvati Qijara. –



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə83/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Qloyiha.- maksimal, loyihaviy ishlab chiqarish quvvati
Qijara. –ijaraga berib yuborilgan quvvatlarga mos keluvchi mahsulot xajmi;
Q konserv. – konservatsiya qilingan quvvatlarga mos keluvchi mahsulot xajmi;
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti 0.5 dan yoki tarmoq bo‘yicha
o‘rtacha qiymatdan kichik bo‘lsa, korxonada ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish past
darajada deb qabul qilinadi.




90 

15-mavzu Korxonalarning strategik rivojlanishida investitsion siyosat va 
investitsiya muhiti
15.1.Investitsiyalar va investitsion faoliyat tushunchalari. Investitsiyalar bozori.
15.2.Mamlakatni modernizatsiyalatsiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan faol
investiya siyosati va o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar tahlili.
15.3.Korxonalarning investitsion siyosati va uni shakllantirishning asoslari.
15.4.Iqtisodiyotda investitsiya investitsion muhit jozibadorligini oshirishning asosiy
yo‘nalishlari

15.1.Investitsiyalar va investitsion faoliyat tushunchalari. Investitsiyalar bozori.

Investitsiyalar



iqtisodiyot va korxonalar miqyosida yangi ishlab chiqarish
korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va
texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni
ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy
ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf
qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega.
O‘zR 24.12.1998 y. “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq
investitsiyalar deganda iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va
nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tushuniladi. Investitsiya faoliyati sifatida
esa investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq
harakatlari majmui qabul qilinadi. Ushbu faoliyatning asosiy figura bo‘lgan investorlar 
qatoriga o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni
va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya
faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari
kiritiladi. Investitsiya faoliyati ishtirokchisi deganda investorning buyurtmalarni
bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati sub’ekti
tushuniladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar
o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, professor D.G‘. G‘ozibekov
investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib,
quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli
manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga
olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”.
20

Professor N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta’rifni


beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat
ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara
olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga
sarflashidir”.
21

Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» (M.: «Delo»


nashriyoti.1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy

20
Ғозибеков Д.Ғ. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. Т.: “Молия” нашриёти. 2003. 26 бет.


21
Ҳайдаров Н.Ҳ. Иқтисодиётни эркинлаштириш шароитида корхоналар инвестицион фаолиятидаги молия-
солиқ муносабатларини такомиллаштириш масалалари. И.ф.д илмий даражасини олиш учун ёзилган
диссертация. / Т.: 2003. 29 б.





91 
natijalar olishni ko‘zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real
aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun
mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat
iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan
mexanizmlarni ta’minlaydi.
Investitsiyalarni moliyaviy investitsiyalar va real investitsiyalar ko‘rinishidagi ikkita
katta guruhga ajratish mumkin.
Investitsion jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona
investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai
nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk
darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi.
Bu kabi ko‘rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi
hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi
investitsion muhitga bevosita, to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liqdir.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin