Mavjud tovarlar
YAngi tovarlar
«Bozorga kirish»
«Mahsulotning rivojlanishi»
«Bozorning rivojlanishi»
«Diversifikatsiya»
99
tartibga solish va tahlil qilish tushuniladi. Tadqiqotlarning yo‘nalishlari doim kengayib
boradi. Biroq quyidagi yo‘nalishlardagi tadqiqotlar eng muhim bo‘lib hisoblanadi:
1. Bozor sig‘imi va uning potensiali.
2. Aholi daromadlari.
3. Iste’molchilarning xatti-harakatlari va motivatsiyasi.
4. Bozor ulushlarining firmalar o‘rtasida taqsimlanishi.
5. Reklama, uning samaradorligi.
6. Narx siyosati va narx egiluvchanligi.
7. Axborot oqimlari.
8. Tovar harakati kanallari.
9. Ish faolligining tendensiyalari.
10. Tovarlarning va ishlab chiqaruvchi firmalarning nufuzi.
11. Qonunchilik tomonidan tartiblashtirish va cheklashlar.
12. O‘tkaziladigan tadqiqotlarning uslubiyatlari.
13. Ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari.
14. Mahsulot va firmalarning raqobatbardoshligi.
15.Jamoat ahamiyatliligi va aloqalari.
16. Marketing infrastrukturasi.
Ko‘rinib turibdiki, bozor rivojlanishining tendensiyalari va jarayonlari, uning sig‘imi,
sotilishlar dinamikasi, raqobatchilar faoliyati, ijobiy tomonlari va xavf-xatarlar tadqiq
qilinadi. Iste’molchilarni o‘rganish ular xatti-harakatlarining sabablarini aniqlashga imkon
beradi. Tovar tadqiqotlari korxona mahsulotining raqobatbardoshligini aniqlashga yordam
beradi.
SHuningdek,
rag‘batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash
kanallarining harakatchanligi o‘rganiladi. Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini
aniqlash marketing tadqiqotlarining muhim yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
Marketing tadqiqotlarini mustaqil olib borishga faqatgina malakali mutaxassislar shtati
bo‘lgan maxsus tadqiqotchilik bo‘linmasiga va etarli moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan
yirik firmalar kuchi etadi. O‘rta va kichik firmalar odatda ixtisoslashgan kompaniyalarga
marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga buyurtma beradilar.
|