Omillar intensivligi (factor intensity) — ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini belgilovchi ko‘rsatkich. 2-tovar 1-tovarga nisbatan kapital sig‘imliroq hisoblanadi, agar bu tovarni ishlab chiqarishda
sarflangan mehnat va kapital xarajatlari nisbati 1-tovarga sarflangan xuddi shu xarajatlar nisbatidan
ko‘proq bo‘lsa, ya’ni:
(K
2
/L
2
) > (K
1
/L
1
)
Omillar serobligi (factor abundance) — mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilovchi ko‘rsatkich. Omillar serobligi ikki usul bilan aniqlanishi mumkin: har bir ishlab chiqarish omilining nisbiy
narxlari orqali va ishlab chiqarish omillarining mutlaq miqdori orqali. II mamlakat kapital bilan
yaxshiroq ta’minlangan sanaladi, agar bu mamlakatda kapital va mehnat narxlari nisbati birinchi
mamlakatdagi xuddi shu nisbatdan kichikroq bo‘lsa, ya’ni kapital II mamlakatda I mamlakatga
nisbatan arzonroq bo‘lsa:
(P
k
*/P
L
*) < (P
k
/P
L
)
Odatda kapital bahosi deganda foiz stavkasi, mehnat bahosi deganda esa ish haqi tushuniladi.
Bu erda ham gap omillari intensivligi holatidagi kabi nisbiy ko‘rsatkichlar haqida ketyapti.
Agar omillar serobliligini ishlab chiqarish omillarining mutlaq miqdori bilan aniqlaydigan
bo‘lsak, u holda II mamlakatda mavjud kapital umumiy hajmining ishchi kuchi umumiy hajmiga
nisbati I mamlakatdagi xuddi shu nisbatdan yuqoriroq bo‘lsa, II mamlakat I mamlakatga nisbatan
kapitalga boy sanaladi:
(T
k
/T
L
) > (T
k
*/T
L
*)
102
18.3.-rasm. Mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan notekis ta’minlanganligi