97
Strategik vaziyat
YUqori
Bozorning jozibaligi
Past
17.7-rasm. Dji-I-Makkenzi matritsasi
BKG dan farqli ravishda bu matritsa baholashda qatnashadigan omillar sonini ancha
ko‘paytiradi va barqaror bo‘lmagan rivojlanish sharoitlarida uni qo‘llash imkonini yaratadi.
«Bozor jozibaligi» ko‘rsatkichi quyidagi omillar kompleksi bilan ifodalanadi:
—
bozor o‘lchamlari va uning o‘sishi shartlari;
—
narxlar darajasi;
—
foyda me’yori;
—
raqobat holati;
—
bozorga chiqish uchun to‘siqlar;
—
huquqiy cheklovlar;
—
ijtimoiy roli va boshqalar.
«Strategik vaziyat» ko‘rsatkichi (raqobatli vaziyat, ichki potensial), shuningdek, turli
xil omillar (sof daromad, moliyaviy ahvol, sotilishlarning samaradorligi, narxning
raqobatbardoshligi, korxona madaniyati, boshqarish uslubi, korxona imkoniyatlari va
boshqalar) yordamida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarni baholash korxonaning investitsiya,
bozor holatini, shuningdek, uning potensiali ahvolini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Investitsion vaziyat korxona o‘sishini ta’minlash uchun investitsiyalarning real va
optimal kattaliklarining nisbati sifatida aniqlanadi.
Bozordagi vaziyat amaldagi bozor strategiyasining bozorda etakchilikka erishish va
potensial iste’molchilarining ixloslari nuqtai nazardan optimal strategiyaga nisbati bilan
baholanadi.
Dostları ilə paylaş: