O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


holatidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari chegaralari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə94/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

holatidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari chegaralari. 

Ishlab chiqarish omillari bilan notekis ta’minlanganligi nazariyasi xalqaro savdo uchun asos


sifatida bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ikki teorema ko‘rinishida ifodalanishi mumkin: Xeksher-Olin
teoremasi va ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi teoremasi.
Xeksher-Olin teoremasi (Heckscher—Ohlin Theorem) — har bir mamlakat o‘z ishlab 
chiqarishlarida nisbatan katta hajmga ega bo‘lgan omillarni talab etuvchi mahsulotlarni ustun 
darajada ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashadi, binobarin, bu mamlakatlar milliy 
xo‘jalik nuqtai nazaridan nisbatan kamchil omillar bilan ta’minlangan tovarlarni import 
qiladilar. 
O‘zbekiston mehnat serob mamlakat, 1-tovar esa mehnat sig‘imli tovar bo‘lgani bois, bu
mamlakat 1-tovarni ishlab chiqaradi va eksport qiladi. YAponiya kapital serob mamlakat, 2-tovar
esa kapital sig‘imli tovar bo‘lgani sababli bu mamlakat 2-tovarni ishlab chiqaradi va eksport qiladi.
Nisbatan serob ishlab chiqarish omillari egalari savdodan yutadi, nisbatan kamchil ishlab chiqarish
omillari egalai esa savdodan yutqazadi.

18.4.-rasm. Mamlakatlarning ixtisoslashuvga kirishi 
Teoremani isbotlash va tushuntirish uchun grafiklarga murojaat qilamiz. O‘zbekiston mehnat
serob mamlakat, 1-tovar mehnat sig‘imli tovar, YAponiya kapital serob mamlakat, 2-tovar esa
kapital sig‘imli tovar ekanligini eslatib o‘tamiz. Qabul qilingan shartlarga muvofiq ravishda
teorema har ikki mamlakatdagi iste’molchilar juda o‘xshash yoki deyarli bir xil didga ega ekanligini
nazarda tutadi. Nazariy jihatdan har bir mamlakatdagi icte’molchilarning did va istaklari shunchalik
farq qilishi mumkinki, befarqlik egri chizig‘i umuman mos kelmasligi va hattoki umuman
kesishmasligi mumkin. Bu holatda Xeksher-Olin teoremasi bajarilmaydi. Bu teorema iste’molchilar





103 
xohish va istaklari har ikki mamlakatda batamom bir xil va yagona befarqlik egri chizig‘iga
qo‘shilib ketishini talab etmaydi, balki bu xohish istaklar mamlakatlarni avtarkiya sharoitida
qoldiradigan va ularni o‘zaro savdo qilishdan voz kechishga olib keladigan darajada farq qilmaydi
deb taxmin qiladi. SHunday bo‘lsa-da, har bir mamlakatdagi icte’molchilarning did va istaklari
shunchalik o‘xshashki, befarqlik egri chizig‘i har ikki mamlakat uchun bir xil bo‘lsin deb faraz
qilamiz.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin