O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/5
tarix27.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#125966
1   2   3   4   5
oquvchilarni kasb hunarga yonaltirish

10-slayd
Jamiyatga barcha kasb-hunarlar kerak, biroq qaysidir kasblarga talab ko‘proq qaysisigadir esa ehtiyoj kamroq bo‘ladi (10-slayd). U yoki bu kasb-hunarni tanlash jarayonida uning jamiyatdagi mavqe’ini bilish muhimdir. Buning uchun shu kasb bo‘yicha mehnat faoliyatining mazmuni, istiqboli, kasbga o‘zining mosligi, shu yo‘nalishda o‘qish imkoniyatlari va kasbning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish darkor.
O‘quvchi bu slayd orqali qiziqishi sog‘lig‘i, jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan holda tanlagan kasbining mehnat mazmuni va istiqbollari to‘g‘risidagi bilimlarni egallashga kuchli bilim olishi va harakat qilishiga undaydi.
O‘qituvchi barcha kasblar o‘quvchining layoqatidan kelib chiqqan holda ularga kasb tanlashga yordam beradi.
Mazkur slayddan ham kasbga yo‘naltirish kursining “Kasb tanlashga doir reja tuzish”, “Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli” mavzulari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishda va “Qiziqishlar xaritasi” metodikasi bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarga tushuntirish uchun ko‘rgazma vosita sifatida foydalaniladi.
Kasb-hunar tanlashida adashmaslik uchun” nomli 11-slaydidan 9-sinfda texnologiya fani darslarida “Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Kasbiy qiziqish vamoyilliklarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashqlar bajarish”, “Men tanlagan kasbni egallashda kelgusidagi rejalarim” (Farovon hayot yo‘lida) mavzusida ijodiy ish taqdimoti 13-14-mavzularni o‘rganish jarayonida foydalanish tavsiya etiladi.
Mazkur slaydda kasbni-hunarni tanlashda adashmaslik uchun shaxs (o‘quvchi) bilishi va uddalashi lozim bo‘lgan xususiyatlar keltirilgan.
O ‘quvchi qiziqishi, bilimi, layoqatidan kelib chiqqan holda tanlagan kasbi haqida kelajakda bajaradigan ishlari kasbi haqida reja tuzishga va undagi kamchilliklarga qarab kamchillik o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladi.
Bu slayddan o‘quvchilarni ma’lum bir qarorga kelishi oldidan bilishi va uddalashi lozim bo‘lgan ishlarni tushuntirishda foydalaniladi. Shuningdek bitiruvchilar uchun yuritilayotgan “Tashxis xaritasi” yoki “Tashxis daftari”ning so’nggi dagi anketa so‘rovini to‘ldirish jarayonida ham foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin