O'rolov dilbek xolmat o`G`li polimer asosli kompozitsion materiallar xossalari va ularni olinish xususiyatlari



Yüklə 428,09 Kb.
səhifə12/13
tarix09.08.2022
ölçüsü428,09 Kb.
#117508
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1т (1)

Tadqiqot uslublari. Namunalarning elektr qarshiliklarini o'lchash yordamida ularning σ o'tkazuvchanligi aniqlandi. Buning uchun o'rganilayotgan namunalar sirtiga vakuumda purkash yo'li bilan diametri 13 mm bo'lgan metall elektrodlar shakllantirildi. Qarshiliklarni o'lchashda ikki o'lchov asbobidan foydalanildi: 10 – 1013 Om oraliqdagi qarshiliklarni o'lchash uchun (E6-13A, Rossiya) ommetri va 109 – 1016 Om oraliqdagi qarshiliklarni o'lchash uchun (v7-30, Rossiya) ommetri. O'tkazuvchanlikni o'lchashdagi xatolik 1-7 % ni tashkil qildi. Statistik dielektrik singdiruvchanlik (ε)ni, ε ning 20-200 Hz oraliqdagi chastotaviy bog'liqligidan foydalanib, bu bog'liqlikni nolinchi chastotaga ekstrapolyasiya qilish yo'li bilan olindi. Dielektrik singdiruvchanlik kattaligi kompozitlar sig'imlarini o'lchash orqali topildi. Namunalarning sig'imi sinusoidal to'lqinlar generatori (G3-33, Rossiya) va nulindikator(F510, Rossiya) larni qo'llab, sig'imlar ko'prigi (E8-2, Rossiya) yordamida o'lchandi. Statik dielektrik singdiruvchanlikni o'lchash xatoligi 2 % ni tashkil etdi.
O'tkazuvchanlik  namunalarning elektr qarshiligini o'lchash yordamida aniqlanadi. Buning uchun o'rganilayotgan namuna sirtiga vakuumli changlatish usuli bilan diametri 14 mm bo'lgan metall elektrodlar shakllantiriladi.
Namunaning solishtirma xajmiy qarshiligini o'lchag xatoligi asboblar (qarshilik o'lchagich va mikrometr)xatoligi bilan aniqlanadi. Solishtirma xajmiy qarshilikni o'lchashning nisbiy xatoligi
, (2.2.1)
formula bilan aniqlanib, bu erda Δ, ΔS, ΔL, ΔR- mos xolda kesim yuzasining solishtirma xajmiy qarshiligi, qalinligi va namuna qarshiliklarining o'lchash xatoliklarining absolyut kattaliklari.
Namunaning mikrometr yordamida o'lchangan kesimi yuzasining va qalinligini o'lchashning nisbiy xatoligi mos xolda ± 1 va ± 0,5% ni tashkil etadi.
V7-30 turidagi asbobda qarshiliklarni 109 dan 1016 omgacha o'lchashning nisbiy xatoligi mos xolda 109 - ± 1%; 1010 - ± 1,5%; 1011- ± 1,5%; 1012 - ± 2,5%; 1013 - ± 5%; 1014 - ± 7%; 1015 - ± 10%; 1016 - ± 15% ni tashkil etadi. (1) formula yordamida xisoblangan solishtirma xajmiy qarshilik Δ/ ning nisbiy xatoligi esa mos xolda ± 1,5%; ± 2%; ± 2%; ±3%; ± 7%; ±10%; ±15%; ±20% ni tashkil etadi. Bu xatolik TSh-34 asbobida ± Z% ni tashkil etadi. E6-13A da o'lchanganda bunday xatoliklar kattaligi ΔR/R- ± 2,5%; Δ/, -±3% ga tengdir.


Yüklə 428,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin