2.2. Tadqiqod ob’ektining olinishi va tadqiqod uslublari…………………
21
2.3. va larni o'zgaruvchan maydonda o'lchash uslubi..........................
24
II bob bo’yicha xulosa
III-BOB. NATIJA
3.1.
3.2.
3.3.
III bob bo’yicha xulosa
Umumiy xulosa Izohli lug’at
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Polimer kompozision materiallar (PKm) ni asosiy yaratuvchilaridan biri tabiatning o'zidir. Ko'pgina natural tabiiy materiallar (teri, suyak, shox va x.k.) ikkita turli materialdan tashkil topgan kompozitlardir: to'ldiruvchi va ko'pincha bog'lovchi deb ataladigan matrisa.
Qadim zamonlardan insonlar xayvonot va o'simliklar dunyosini kuzata borib, analogik konstruktsiyalar va materiallar yaratishga uringanlar. Biroq natural materiallar va konstruktsiyalarning ko'pgina parametrlari o'zlarining sun'iy analoglaridan ancha ustundir.
Kompozision materiallar (kompozitlar) (lotinchadan composition-tashkil etish) polimerli, metalli, uglerodli, keramik yoki boshqa tolali, ipsimon kristalli, yupqa dispers zarrali va x.k.to'ldiruvchilar bilan armirlangan asosli ko'p komponentali materiallardir. To'ldiruvchi va matrisa tarkibi va xossalarini, ular nisbatini, to'ldiruvchi orientasiyasini tanlash yo'li bilan ekspluatasion va texnologik xossalari jihatidan talabga javob beradigan materiallar olish mumkin.