15
Tashkilotning mulkiy majmua tarkibiga uning maqsadlari yo‘lida
xizmat qiladigan, xo‘jalik ishlarini yuritish uchun zarur bo‘lgan,
foyda olishga xizmat qiladigan mulkning barcha turlari, shu bilan
birga, ko‘chmas mulk (yer maydoni, bino, inshootlar), mashinalar,
asbob-uskunalar, boshqa transport vositalari, inventarlar, xomashyo,
mahsulot, mulkiy majburiyatlar, qimmatbaho qog‘ozlar, nomaterial
aktivlar, intellektual
xususiy mulk obyektlari, firmaning nomi,
xizmat belgilari, patentlar, litsenziyalar, yangiliklar,
tovar belgilari
kiradi. Shuning uchun mulkni baholashda baholovchi tashkilotni
uning xususiy kapitali qiymatini aniqlagan holda, umumiy tarzda
va mulkiy majmuaning ayrim qismlarini (aktivlar va vazifalarni)
alohida baholaydi.
Mulkni baholashda tashkilot yuridik shaxs bo‘lgan holda bir
vaqtning o‘zida xo‘jalik subyekti bo‘lishi ham mumkinligini
hisobga olish lozim. Shuning uchun obyektni baholash jarayonida
ma’lum yuridik huquqlarning mavjudligini ham
nazarda tutish
lozim. Bu mulkning baholash obyekti sifatidagi o‘ziga xos jihatini
namoyish etadi. Baholanayotgan mulkning o‘ziga xos tomonlaridan
yana biri shundan iboratki, baholovchi baholanayotgan obyektning
mulkiy kompleksi (moddiy-buyum)ning qiymatini ham,
tashkiliy
va rivojlanish samaradorligini (tashkilotning moliyasi, boshqarish
tizimi va h.k.) ham aniqlashi lozim.
Baholovchi tomonidan hisoblab chiqilgan daromad va
xarajatlarning barchasi bozor narxining asosiy qiymatini tashkil
etadi. Biznes faoliyatning aniq turi sifatida bozor iqtisodi sharoitida
tashkilotning tashkiliy shakli sifatida mulkdorning sarflagan
resurslarini ko‘plab, daromad olishdagi ehtiyojlarini qondiradi.
O‘zbekiston Respublikasida baholash xizmatlari sohasiga oid
zarur huquqiy baza shakllantirilgan va ularning faol rivojlanishi
uchun iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston
Respublikasida
baholash faoliyati oxirgi yillarda sezilarli darajada aniq va
16
ahamiyatli natijalarga erishdi. Shu bilan birga, ijtimoiy va iqtisodiy
sharoitlar o‘zgarishsiz bo‘lmaydi, baholash faoliyati, mutaxassislik
faoliyatining turi sifatida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning
joriy talablariga javob berishi lozim. Milliy amaliyotimizning joriy
va bo‘lg‘usi holati tahlili ko‘rsatishicha,
yaqin yillar baholash
faoliyatining sifati yanada ortishi bilan tavsiflanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: