Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə6/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
10-sinf chyot

Urush holati O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda qonunda belgilangan tartibda e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga qo‘shinlar to‘satdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy okruglar qo‘shinlarining qo‘mondonligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari urush holati e’lon qilinishini kutmay hujumni yoki bosqinni daf etishning barcha chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.

Urush davri urush holati e’lon qilingan vaqtdan yoki harbiy harakatlar amalda boshlanib ketgan paytdan e’tiboran boshlanadi hamda harbiy harakatlar to‘xtatilganligi e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran, lekin bunday harakatlar amalda to‘xtatilganidan keyin tugaydi. Urush davri sharoitida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan Qurolli Kuchlarga va mamlakat iqtisodiyotiga rahbarlikni amalga oshiradigan vakolatli organ tuzilishi mumkin.

Urush holati e’lon qilinishi yoki favqulodda holat joriy etilishi bilanoq umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilinishi mumkin. Safarbarlik tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Hududiy mudofaa O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini himoyalash va mudofaa qilish, aholini, obyektlar va kommunikatsiyalarni dushman xurujlaridan, qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlaridan himoya qilish maqsadida, shuningdek, favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Hududiy mudofaani ta’minlashga jalb etiladigan kuchlarning vazifalari, hamkorlikdagi harakatlarining tashkil etilishi va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qurolli mojarolar — cheklangan doiradagi harbiy nizolar (harakatlar va qurolli to‘qnashuvlar) hisoblanadi, bunda urush holati e’lon qilinmaydi. Qurolli mojarolar kelib chiqqan va O‘zbekiston Respublikasi bu mojarolarga tortilgan taqdirda Qurolli Kuchlar darhol ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radilar.

O‘zbekiston Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchidir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga, shuningdek, o‘z mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarini urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turishga majburdirlar, qilingan xarajatlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi. Fuqarolar mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ko‘makla- shuvchi jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning yakka tartibda va kollektiv tarzda mudofaalanishdan iborat bo‘lgan huquqni mustahkamlovchi umum e’tirof etilgan normalari va prinsiplariga asoslanib, harbiy qurilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish sohasida boshqa davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.



  1. bob. HARBIY XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI

  1. O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni. Umumiy harbiy majburiyat tushunchasi va uning mohiyati. Harbiy xizmat turlari

Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish Respublika Qurolli Kuchlarida ham muhim o‘zgarishlar qilishga sabab bo‘ldi. Chunonchi, 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunni ko‘rish mumkin. Unga binoan, Qonun fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini to‘ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.

Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi tajovuz bo‘lgan taqdirda, aholini muhofaza etish chora-tadbirlarini qamrab oladi.

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:


  • harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar;

  • haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar;

  • Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;

  • turli sabablarga ko‘ra, harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan, iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar, deb ataladi.

Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs- larga tatbiq etilmaydi. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi xalqi va Prezidentiga sodiqlik to‘g‘risida Harbiy qasamyod qabul qiladilar.

Muqaddam harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida, harbiy qasamyod qabul qiladilar. Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir. «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga binoan, harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etilgan:



  • muddatli harbiy xizmat;

  • safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;

  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.

Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida mud- datli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladi. Muddatli harbiy xizmatda chaqirilishi yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek, muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatdir.

Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida:



  • muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun — o‘n ikki oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun — to‘qqiz oy);

  • muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavo­zimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun to‘qqiz oy qilib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002-yil 12-dekabrda yangi qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, yiliga ikki marta: aprel-may va oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilib kelingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi «Fuqarolarning O‘zbe- kiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada takomillashtirish maqsadida yiliga bir marta — fevral-mart oylarida chaqirilish belgilandi.


  1. Yüklə 319,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin