Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


Kichik kalibrli miltiqning vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə80/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104
10-sinf chyot

Kichik kalibrli miltiqning vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari

Kichik kalibrli miltiq Tula qurolsozlik zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, otish bo‘yicha o‘tkaziladigan tayyorgarlik mashqlarida otishni o‘rganish uchun qo‘llaniladi.

Kichik kalibrli TOZ-8, TOZ-12 miltiqlaridan ko‘proq sport musoba- qalari o‘tkazishda hamda otish tayyorgarligining boshlang‘ich o‘q otish mashg‘ulotlari olib borishda keng foydalaniladi.

TOZ-8 miltig‘ining jangovar xususiyatlari: kalibri — 5,6 mm; og‘irligi — 3,12 kg; umumiy uzunligi — 111 sm; o‘qning boshlang‘ich tezligi — 310 m/s.gacha; otish tezligi bir daqiqada — 10—12 martagacha;

nishonga olish masofasi — 250 m; o‘qning eng uzoqqa uchish maso­fasi — 1200 metrdan 1600 metrgacha; o‘qning o‘ldirish (halok etish) kuchi masofasi — 800 metrgacha.

Miltiqni o‘qlash tartibi. Miltiqni yotib olgan holda otishda, miltiq qo‘ndog‘ining bosh qismini o‘ng qo‘l bilan ushlab, o‘ng oyoq bir qadam oldinga tashlanadi va oyoqni biroz o‘ngroqqa olib, oldinga engashib, chap oyoqni egib, chap qo‘l bilan yerga yotib, chap oyoqning tovoni yerga qadaladi va chap qo‘lning ko‘ksiga olinadi. Chap tomonga yotgan holda qorin tomonga tez o‘girilib, erkin holda oyoqlarni tovoni bilan yozib yuboriladi. Miltiq g‘ilofi (poyasi)dan o‘ng qo‘lning kaftiga olinadi.

Kichik kalibrli miltiqni o‘ng qo‘lda zatvor ushlagichdan orqaga tortib, stvol qutisining ochilgan joyiga o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari yordamida o‘qni olib uni o‘qdonga solinadi. O‘qni bosh barmoq bilan oldinga, stvolga to‘liq kirguncha yo‘naltiriladi, so‘ngra o‘ng qo‘l bilan zatvor yopiladi.

Otish jarayonida miltiqning o‘ziga xos tomonlari. Chap qo‘lning barmoq­lari biron harakat qilmasligi, miltiqning poyasi (yog‘och g‘ilofi)ga tegib ketmasligi uchun chap qo‘l bilan miltiqning yog‘och g‘ilofidan (poyasi) ushlab olinadi. O‘ng qo‘l barmoqlari bilan qo‘ndog‘ining biqinidan ush­lab, ko‘rsatkich barmoq otishni boshlovchi mexanizm kurogi (tepkisi)ga yo‘naltiriladi. Qo‘ndoq o‘rtasi yelkaga qattiq qadaladi.

Yotish holatida otishda yaxshi natijaga erishish uchun tayanchlardan foydalanish mumkin. Tayanchlardan maqsadga muvofiq foydalanish uchun qum yoki yog‘och qipig‘i to‘ldirilgan qoplardan 20—25 sm balandlikda tayanch o‘rnatish mumkin. Agar tayanch balandligi otishda noqulay bo‘lsa, uni pastlatiladi.

Miltiqni tozalash va moylash tartibi. Kichik kalibrli miltiqni tozalash va moylash tartibi avtomatni tozalash va moylash tartibi singari amalga oshiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, kichik kalibrli miltiq stvol kanalining do‘lbosh qismini tozalash va moylash qat’iyan man etiladi.

Stvol kanalini tozalash uchun uning orqa qopqog‘i ochilib, stvol korobkasi (qutisi)dan zatvor olinadi. Tozalagichning uch qismiga yumshoq mato qiyqimlaridan 4—5 sm uzunlikda o‘rab, qurolni moylash uchun ishlatiladigan moyga botiriladi. So‘ngra shompol stvol kanalidan kirgizilib, o‘qlagich tomongacha moylanadi va yaxshilab tozalanadi.

II bob. QUROLDAN OTISHNING ASOSLARI VA QOIDALARI




  1. Yüklə 319,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin