Pelikanlar baliq va akvatik o‟simliklarni yeyishga moslashgan qushlardir. 20
asr o‟rtalarida DDT preparatidan foydalanish kengayibketdi. 1972 yilda AQSH da
DDT preparati qishloq xo‟jalik ekinlariga qiron keltiruvchi hashoratlarni yo‟q
qilish uchun nazorat sifatida keng ko‟lamda ishlatila boshlandi. Bu holat
pelikanlarning kamayib ketishiga sabab bo‟ldi. CHunki
pelikanlarning tuxumlari
ingichka shaklga o‟tdi. SHuningdek, palaponlarni erta tuxumdan chiqish holati ruy
berdi. Jigarrang pelikanlar Luizana shtati va Texasdan butunlay yo‟qoldi. 2000
yillardan buyon Luizana va Texasda yashaydigan 7000 dan ortiq jigarrang
pelikanlar yashamoqda
3
.
Hayvonot dunyosi
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir
qismidir va ular tabiatda
moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o‟ynaydi.
Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda
muhimdir. Ma‟lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo‟y, echki, to‟ng‟iz,
ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir
maqsad uchun boqiladi. Ayrim
hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai,
boshqasi xo‟jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni
qo‟riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat dastyor hisoblanadi.
Tabiat qo‟ynida yovoyyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o‟ziga xos
foydali
xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo‟yna, dorivor vositalar, oziq-
ovqat mahsulotlari, jun olinadi.
O‟zbekistondagi asosiy xo‟jalik ahamiyatiga ega bo‟lgan hayvonlar: suvda
suzuvchilar, sayg‟oqlar, ondatralar,
toshbaqalar, zaharli ilonlar, kakliklar, tog‟
echkilari va umurtqasizlar hisoblanadi.
Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat
qiladi. Umuman hayvonlarning turi ko‟p bo‟lib, ularning
bir yarim milliondan
ziyod turi bor.
O‟simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% deb olsak, shuning
50%ini o‟simliklar nafas olish jarayonida qolgan energiyani o‟zlashtirib, organik
modda o‟txo‟r va etxo‟r hayvonlarga o‟tadi.
Tuproq
tarkibini
yaxshilashda
va
uning
hosildorligini
oshirishda
hayvonlarning, xususan, yomg‟ir chuvalchangini, chumolini, termitlarni, umurtqali
er qazuvchilarni va boshqalarning ahamiyati juda katta.
Bu hayvonlar tuproqni
yumshatadi, aralashtiradi, najas va o‟simlik qoldiqlari bilan o‟g‟itlaydi.
O‟simliklarni changlanishida, urug‟ va mevalarini tarqatishda ham
hayvonlarning ishtiroki bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zarakunandalarni
(kemiruvchilarni) qirib, o‟simliklar hosildorligini oshiradi yoki ba‟zi
hasharotlar
o‟simliklarni zarakunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta
Dostları ilə paylaş: