1.1. Elektron tijoratda raqamli logistikaning o‘rni va ahamiyati
Logistika murakkab ishlab chiqarish-sotish komplekslarini o‘rganadi. U ta’minotlar majmuasi, asosiy ishlab chiqarish, transport va sotuv sohalarida tashkiliy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Bu komplekslarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
tarqalganligi;
texnik vositalar asosiy qismining yuqori fond sig‘imi;
logistik tizim elementlari ba’zilarining mobilligi va
boshqalarining ma’lum jug‘rofik mintaqaga qattiq bog‘liqligi;
katta miqtordagi aralash tizimostilar (yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, resurslarni yetkazib beruvchilar va h.k.) ishining natijasiga bog‘liq.
Ko‘rib chiqilgan xususiyatlar logistik tizimda moddiy va axborot oqimlarining o‘tishiga va hajmiga ta’sir qiladi hamda material o‘tkazuvchi zanjirining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan tashkiliy va iqtisodiy munosabatlar tabiatini aniqlaydi.
Fan sifatida logistikaning predmeti bo‘lib tovar harakati sohasida xarid, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlaridagi tashkiliyiqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi.
Logistika fan sifatida logistik tizimlarni tashkil etishning umumiy xususiyatlarini, qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi. Logistikaning fan sifatida tuzilmasi bo‘lib tovar harakati jarayoniga tegishli bo‘lgan qonuniyatlar va aloqalarni o‘rnatish hisoblanadi. Bu moddiy va axborot oqimlarini boshqarishning samarali shakl va uslublarini amaliyotda aniqlash va qollash maqsadida amalga oshiriladi. Logistika fanining umumiy uslubi bo‘lib tadqiqotning dialektik uslubi hisoblanadi. Aniq masalalar yechimini topish uchun fanda tizimli yondashuv, amallarni tadqiqot qilish uslublari va tizimlar nazariyasidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |