Osnovi Web-texnologiy



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə10/85
tarix31.12.2021
ölçüsü0,71 Mb.
#113176
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85
Elektron tijorat 2 qism

Tashqi moddiy oqim - bu berilgan logistik tizimga nisbatan tashqi muhitda o‘tadigan oqimdir.

Ichki moddiy oqim - bu berilgan logistik tizimga nisbatan ichki muhitda o‘tadigan oqimdir.

Kiruvchi moddiy oqim - bu berilgan logistik tizimga kirayotgan tashqi oqimdir.

Chiquvchi moddiy oqim - bu berilgan logistik tizimdan tashqi muhitga chiqayotgan moddiy oqimdir.

Moddiy oqimlarni boshqarish materiallar harakatining yo‘nalish parametrlarini aniqlashni ko‘zda tutadi, ular qatoriga quyidagilar kiradi: • moddiy resurslarning nomlanishi;



  • moddiy resurslarning miqdori;

  • boshlang‘ich nuqta (ta’minotchini tanlash);

  • oxirgi nuqta (iste’molchini tanlash);

  • vaqt (buyurtma bajarish muddati).

Logistika jarayonlarida axborot oqimi, logistik operatsiya, logistik funksiya degan tushunchalar mavjud. Ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Axborot oqimi - bu logistika ichida va tashqi muhit orasida aylanayotgan hamda logistik jarayonlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yig‘indisidir.

Axborot oqimi moddiylikka mos keladi. Amaldagi logistik tizimlarda moddiy va axborot oqimlari, ba’zi hollarda bir-biridan o‘zib ketishi mumkin. Axborot oqimi moddiy oqim bilan bir xil yo‘nalishda bo‘lganda u to‘g‘ri yo‘nalish deb ataladi, unga qarama-qarshi yonalishda bo‘lganlarga teskari yo‘nalishga ega bo‘ladi. To‘g‘ri yo‘nalishda o‘zib ketayotgan axborot oqimi yuklarni kutilayotgan kelib tushishi haqida, teskari yo‘nalishda esa – buyurtma haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Moddiy oqim bilan bir vaqtda unga parallel ravishda ko‘chirilayotgan resurslarning sifat va ko‘rsatkichlari haqida malumot ham boradi. Moddiy oqim ketidan teskari yo‘nalishda yukni qabul qilish natijalari haqidagi malumot hamda noroziliklar va tasdiqlar kelishi mumkin.

Axborot oqimining ichki va tashqi, kiruvchi va chiquvchi turlari ajratiladi, ularning tasnifi moddiy oqim tasniflari bilan bir xildir.

Axborot oqimi vujudga kelish manbayi, yo‘nalishlari, davriyligi, hajmi, o‘tish tezligi va hokazolar bilan ajralib turadi. Axborot oqimini boshqarish o‘zining tarkibiga oqim yo‘nalishini o‘zgartirish va uning parametrlarini cheklashni oladi.

Endi logistic operatsiyaga ta’rif beramiz. Logistik operatsiya - bu moddiy yoki axborot oqimini qayta ishlashga qaratilgan, ixtisoslashgan amallar yigindisidir. Moddiy oqimlar ustidan logistik operatsiyalarga omborga joylashtirish, tashish, qadoqlash va boshqalarni misol qilish mumkin. Axborot oqimlari ustidan logistik operatsiyalar tarkibiga zarur axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish kiradi.

Logistik operatsiyalar ichki va tashqi turlarga ajratiladi. Tashqi logistik operatsiyalarga ta ’minot va tayyor mahsulotni sotish sohasidagi barcha harakatlar ta’lluqli, ichki operatsiyaiarga esa - ishlab chiqarishda moddiy oqimni boshqarish kiradi. Bundan tashqari, logistik operatsiya bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin, bunda mahsulotga egalik qilish huquqi bir yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tadi.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin