Osnovi Web-texnologiy


- Tajriba ishi Mavzu: Internet marketing asoslari. (2 soat)



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə84/85
tarix31.12.2021
ölçüsü0,71 Mb.
#113176
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Elektron tijorat 2 qism

1 - Tajriba ishi Mavzu: Internet marketing asoslari. (2 soat)


Ishning maqsadi: Marketing ehtiyoji, talab, taklif, xaridor tushunchalari o‘zlashtirish. Internet marketingning konseptual yondashuvlarini o‘rganish.

Zaruriy nazariy ma’lumotlar:

Marketin tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, bu kompaniya tomonidan xaridor ehtiyojlari va bozordagi tadbirlarni boshqarib borishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Marketologlar Yangi marketing faoliyatini yaratuvchi mutaxassislar doimiy holda xaridorlar, tovar va xizmatlarga bo‘lgan va qondirilmagan ehtiyoj va talablarni o‘rganadilar.



Marketing - bu zaruriyat va ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyati turi.

Marketing - bu bozorni tahlil qilish asosida mablag‘ tushumini tashkil qilish va muayyan xaridorlar talablarini qondirishga yo‘naltirilgan, marketing dasturi yordamida bozorda savdo qilish taktika va strategiyasini ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi tizim hisoblanadi.

Raqamli marketing - Internet tarmoqlari resurslaridan foydalanishga asoslangan online marketing.

Internet marketing faoliyatidan quyidagi yo‘nalishlarda foydalanish mumkin:



  • Reklama (mahsulot to‘g‘risida axborotni joylashtirish, elektron xatlarni tarqatish, teleanjumanlarda ishtirok etish);

  • Savdoni ―jonlantirish‖;

  • Mahsulotlarni Internet orqali sotish;

  • Jamoatchilik bilan aloqalar (tarmoqda pressrelizlar e’lon qilish, aksiyadorlar, jamoatchilikka kerakli axborotni taqdim etish va boshqalar);

  • Marketing tadqiqotlar o‘tkazish.

Talab - tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning ma’lum darajasida sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyojdir.

Taklif - ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga

qodir bo‘lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir.



Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyati.

Marketing konsepsiyasi - bu iste’molchilar ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan g‘oyalar, talablardir. Konsepsiya:

  • bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi, iste’molchi va daromadga yo‘naltirilgan tadbirkorlik tashkilotlarining ish yuritish falsafasi;

  • korxona maqsadlariga-daromad olish va iste’molchining ham so‘nggi ehtiyojlarini qondirishga erishishda qo‘llanuvchi asosiy g‘oyalar, marketing faoliyati vositalari tizimi sifatida ta’riflanishi mumkin.

Marketing tadqiqotlari o‘z ichiga:

  • noaniqlikni kamaytirish maqsadida marketing qarorlarini qabul qilishga xizmat qiluvchi va asosiy talablardan birini, ya’ni bozor taraqqiyotini oldindan aytib bera olish talabini bajaruvchi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishni;

  • turli darajadagi aniq marketing faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, istiqbolni belgilash tizimini, marketing ehtiyojlarini ta’minlovchi har qanday tadqiqot faoliyatini qamrab oladi.

Mahsulotni hayotiy davr konsepsiyasi.

Mahsulotni yaratilishi bilan uning hayotiy davri boshlanadi, u quyidagi bosqichlarda ifodalanadi:



  1. Tadqiqot va ishlab chiqarish. Bu bosqichda mahsulot yaratiladi va uni g‘oyasi hosil bo‘ladi. Mahsulotni sotish yo‘q, daromad esa salbiy.

  2. Joriy qilish. Bu bosqichda mahsulot o‘z yo‘nalishini iste’molchi tarafga yo‘naltiradi, aktiv reklama faoliyati boshlanadi, lekin sotish o‘sishi bilan daromad salbiy tarafga o‘zgaraveradi.

  3. O‘sish bosqichi. Ishlab chiqaruvchi uchun eng ijobiy bosqich.

Korxona sezilarli daromadni oladi, sotish o‘sib boraveradi.

  1. Yetuklik bosqichi. Mahsulot ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi, sotish unchalik ko‘p o‘smaydi, daromad asta-sekin pasayadi, chunki raqobatlik seziladi.

  2. Pasayish bosqichi. Sotish keskin pasayadi, korxona mahsulot ishlab chiqarishni to‘htatadi, daromad juda past.

Marketing mahsulotni butun hayotiy davri davomida hamrohi bo‘ladi. Hayotiy davr nuqtai nazaridan yangi mahsulot ishlab chiqish qonunini quyidagicha ko‘rib chiqish mumkin: korxona maksimal daromad va unumdorlikka ega bo‘ladi, qachonki turli mahsulotlarning hayotiy davri ustma-ust tushsa (bir-birini qamrab olsa).

Korxonada mahsulot siyosati yangi mahsulotni yaratish ishlab chiqarish sohasi bilan bog‘liq, masalalarni hal etadi. Bu sohada marketingni rivojlantirish ishlab chiqaruvchi uchun ko‘p hatolarni, xo‘jalik faoliyatini mazkur bosqichida kutib turadigan, oldini olishga yordam beradi. Shuning uchun aniq aytish mumkinki marketingning mahsulot siyosati korxonaning samaradorligini oshirishga yordam beradi.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin