2.3 Dars reja ishlanmasi.
Dars: Ona tili
Mavzu: shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlar.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Metod: suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish, munozara.
Shakli: jamoa, guruh bilan va har bir guruh bilan ishlash, qiiqarli o‘yin.
Jihoz: slaydlar, mavzuga oid ko‘rgazmalar , tarqatma materiallar.
Nazorat: og‘zaki , savol – javob , kuzatish , o‘z – o‘zini nazorat qilish.
Baholash: o‘quvchilar 5 balli reyting bo‘yicha baholanadi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan ( bitta shaxs va bitta narsani bildirgan) so‘zlar va kimlar?, nimalar? So‘rog‘iga javob bo‘lgan ( ikki va undan ortiq shaxs va narsani bildirgan) ko‘plikdagi so‘zlar bilan amaliy tanishtirish.
Tarbiyaviy: odamlar orasida o‘zaro hurmat ehtiromda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: O‘quvchilar davomadi aniqlanadi, sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, ma’naviyat daqiqasi o‘tkaziladi. Dars davomida rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidalar aniqlanadi.
O‘qituvchi: aziz o‘quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimizning oltin qoidalarini eslatib o‘tsam.
Intizom
Faollik
Ahillik
Aniqlik
O‘ng qo‘l qoidasi
Boshqalar fikrini hurmat qilish.
Uyga vazifani mustahkamlash.
O‘qituvchi: O‘quvchilar uyga qanday vazifaberilgan edi?
O‘quvchi: uyga 163-mashq berilgan.
Uyga vazifa “Do‘stim menga pand berdi” o‘yini orqali tekshiriladi.bunda o‘quvchilar partadoshi bilan daftarlarini almashishadi, o‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni aytadi shunga qarab o‘quvchilar uyga vazifani teshkirishadi.
Yangi mavzu bayoni: Doskaga yangi mavzu yoziladi. O‘qituvchi yangi mavzu haqida ma’lumot beradi.
O‘qituvchi: shaxs (kishilar) nomini bildirgan so‘zlar kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Kim? - ishchi, shifokor. Narsaning nomini bildirgan so‘zlar nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Nima? - uy, chumchuq. Bittadan ortiq shaxsni bildirgan so‘zlar kimlar? , bittadan ortiq narsani bildirgan so‘zlar nimalar? So‘rog‘iga javob bo‘ladi.
1 64-mashq og‘zaki ishlanadi rasm asosida kimlat? nimalar?so‘rog‘iga javob bo‘lgan rasm aniqlanidi.
165-mashq og‘zaki ishlanadi rasm asosida kimlat? nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan rasm aniqlanidi.
166- mashq avval doskad birgalikda ishlanadi. So‘ng o‘quvchilar daftariga yozib qo‘yishdi.Mavzuni mustahkamlash uchun “Poyezd” o‘yinidan foydalanib mustahlamlanadi. Buda stol ustida kim? nima? kimlar? nimalar? so‘rog‘iga javob boluvchi so‘zlar yozilgan kartochkalar qo‘yiladi. oquvchilar 2 guruhga bo‘linadilar 1-guruh kim? nima? 2-guruh kimlar? nimalar? So‘rog‘iga javob bolgan so‘zlarni topib bir –birini orqasida turib poyezd hosil qilishlari kerak. O‘quvchilar galma-galdan chiqib kartochkalarni olishadi. Birinchi poyezd hosil qilgan guruh g‘olib bo‘ladi.
Darsni yakunlash: o‘qituvchi uyga vazifani berib qanday ishlanishini tushuntiradi. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘bat kartochkalari bilan rag‘batlantiriladi va dars yakunlanadi. 4-sinfda otlarning qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, nutqda otlarning otlarning egalik qo‘shimchalarini olgan va olmagan holda qo‘llanilishi, egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘llaniladigan shakllari, egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talafuzi va imlosi, otlarning kelishik qoshimchalari bilan qo‘llanilishi, matnda va nutqda otlarning bir kelishikda bo‘lishi, kelishik qo‘shimchali otlarni birikma tarzida yozish, kelishik qo‘shimchalarining otni otga, otni fe’lga bog‘lash, egalik va kelishik qo‘shimchalarini chizmalarga belgilash lozim.
BOB BO‘YICHA XULOSA
O‘quvchilarga ta’lim berishda asosiy maqsad ular ongiga fan asoslarini puxta singdirish orqali ularni diyonatli, e’tiqodli qilib o‘stirish, ijtimoiy hayotdagi har bir hodisaga ongli yondashishni tarbiyalash, egallangan bilim va ko‘nikmalarni hayotga tatbiq etish qobiliyatini o‘stirishdan iboratdir. Bu jihatdan ham ona tili darslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jamiyatimiz olg‘a surayotgan yuksak g‘oyalar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Bunda eng avvalo ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom, tilni chuqur o‘zlashtirish qobiliyatini shakllanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘rni va ahamiyati juda katta zaruriy hodisa hisoblanadi. Buning uchun oldindan hal qilinishi zarur bo‘lgan pedagogik masalalarni aniq belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur kurs ishi natijasida biz quyidagi xulosalarga keldik:
- boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar bilimini oshirishda boshlang‘ich ta’lim mazmun-mohiyati bilan katta imkoniyatlarga ega.
- ona tili darslarida ot so‘z turkumlarini o‘rgatishda tilning asl mohiyati, mazmuni kabi tushunchalar singdirib boriladi.
- boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumlarini o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiya usullari yordamida darsni tashkil etish yaxshi samara beradi.
Bu borada ta’lim-tizimiga texnologik yondashuv, yangi pedagogik texnologiyalardan, boshlang‘ich ta’limning eng ilg‘or tajribalaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |