Ot so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish


-4-sinf larda pedagogik texnologiyalar asosida “Ot” ni o‘rgatish metodikasi



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə7/12
tarix10.12.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#139340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mavzu “ot so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘quvch-fayllar.org

2.2 . 3-4-sinf larda pedagogik texnologiyalar asosida “Ot” ni o‘rgatish metodikasi.
3-sinfda ot so‘z turkumi “So‘z turkumlari” bo‘limida o‘rganiladi. Bu bo‘limga 64 soat ajratilgan va har bir turkum o‘z nomi bilan ataladi. Ot yasovchi qo‘shimchalar kiritilgan. –chi , -dosh , -kor , -zor , -loq qo‘shimchalari va ularning imlosi –lar qo‘shimchasining aytilishi va yozilishi kiritilgan.
3-sinfda ot so‘z turkumiga 13 soat 46ta (33 tasi sinfda bajariladiga, 13tasi uyga vazifa) mashq ajratilgan.
“Ot” mavzusiga 6soat 16 ta ( 10 tasi sinfda bajariladiga, 6 tasi uyga vazifa) mashq ajratilgan.
“Otlarda birlik va ko‘plik” mavzusiga 4 soat 9ta (5 tasi sinfda bajariladiga, 4 tasi uyga vazifa) mashq ajratilgan.
“Ot yasovchi qo‘shimchalar” mavzusiga 2soat 11 ta (9 tasi sinfda bajariladiga, 2 tasi uyga vazifa) mashq ajratilgan.
4-sinfda “So‘z turkumlari” bo‘limiga 3 soat beriladi. Bundan tashqari har bir mustaqil so‘z turkumiga alohida 40 soat ajratiladi.
4-sinfda otlarning qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, nutqda otlarning otlarningegalik qo‘shimchalarini olgan va olmagan holda qo‘llanilishi, egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘llaniladigan shakllari, egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talafuzi va imlosi, otlarning kelishik qoshimchalari bilan qo‘llanilishi, matnda va nutqda otlarning bir kelishikda bo‘lishi, kelishik qo‘shimchali otlarni birikma tarzida yozish, kelishik qo‘shimchalarining otni otga, otni fe’lga bog‘lash, egalik va kelishik qo‘shimchalarini chizmalarga belgilash, ot yasovchi qo‘shimchalar, leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini ot bilan boyitish.
“ Ot – so‘z turkumi” mavzusiga 3 soat 11 mashq ( 8 tasi sinfda bajariladigan , 3 tasi uyga vazifa ) ajratilgan.
“Otlarning egalik qoshimchalari bilan qo‘llanilishi” mavzusiga 7 soat 27 mashq ( 20 tasi sinfda bajariladigan, 7 tasi uyga vazifa ) ajratilgan.
“Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi” mavzusiga 3soat 10mashq ( 7 tasi sinfda bajariladigan , 3 tasi uyga vazifa ) ajratilgan bo‘lib:
Bosh kelishik: 2 soat 7 mashq
Qaratqich kelishigi: 2 soat 7 mashq
Tushum kelishigi: 3 soat 13 mashq
Jo‘nalish kelishigi: 3 soat 10 mashq
O‘rin – payt kelishigi: 2 soat 9 mashq
Chiqish kelishigi: 4 soat 11mashq ajratilgan.
“Ot yasovchi qo‘shimchalar” mavzusiga 3 soat 11 mashq (8 tasi sinfda bajariladigan , 3 tasi uyga vazifa ) ajratilgan.
«Zinapoya» usuli
O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi. So‘ng xattaxtaga ma’lum bir shaklda «zinapoya» chiziladi.
Ma’lumki, antonimlar o‘z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo‘yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o‘quvchilarning o‘zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o‘quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh o‘quvchilari birinchi bo‘lib bosh zinaga chiqsa, ular g‘olib bo‘ladi. Sinfda nechta o‘quvchi bo‘lsa, zinalar soni shuncha bo‘ladi.

Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin