Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


IX-XII asrlarda hukmron bo‘lgan sulolar davrida kutubxona- arxivlarining shakllanishi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə11/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

IX-XII asrlarda hukmron bo‘lgan sulolar davrida kutubxona- arxivlarining shakllanishi. Ko‘pgina manbalardan bizga malumki, toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona- arxivlari mavjud bo‘lgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Ularda ko‘p minglab Arastu, Aflotun, Iqlidus, Batlimus, Suqrot, Arximedlarning nodir qo‘lyozmalari, shuningdek, qadimgi hind, pahlaviy, yunon, arab, fors va turkiy tillarda yozilgan olim, mutafakkirlar asarlarining asl nusxalari, tarjimalari saqlangan. Kutubxonachilik yuqori darajada rivojlanib, sifat jihatdan o‘sha davrdagi Ovro‘po yoki dunyoning boshqa mamlakatlaridan benihoya ustun edi. Masalan, Yevropaning XII asrdagi barmoq bilan sanarli eng mashhur kutubxonalarida 150-

200 jilddan nari borsa 500 nusxa kitob bo‘lgani holda, Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, G‘azna, Urganch shaharlarda minglab kitob nusxalari saqlangan. Masalan, birgina Bog‘doddagi “Xizant-ul-Ilm” kutubxonasida Qur’oni Karimning yuzlab nusxasi, 10 400 dan ortiq turli mutafakkirlar asarlarining eng nodir, asl nusxalari saqlangan. Samarqand, Buxoro, Balx, Hamadon, G‘azna, Urganch va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab etti iqlimga dong‘i ketgan kutubxonalar kecha-kunduz ishlab turgan.
Kutubxonalar shaxsiy, vaqf (masjid va madrasalarda) va saroyda tashkil etilgan. Ularning ko‘pchiligida kitoblar o‘z sohalari bo‘yicha kataloglashtirilgan, tartibga solingan, maxsus va malakali xodimlar biriktirilgan. Shuningdek, kutubxonalar farroshlar, qorovullar va boshqa xodimlarga ega bo‘lib, to‘la moliyaviy ta’minlangan. Ulardagi kitoblarni kutubxonaning o‘zida, shuningdek ma’lum garov evaziga, ko‘pincha pulga uyga olib o‘qish mumkin bo‘lgan.
O‘rta Osiyo kutubxonalari Hindiston, Eron, Istambul, Qohira shaharlarida Sharq tili va uslublarida bitilgan, shuningdek, O‘rta Osiyoning yirik shaharlarida yashab ijod etgan adib va xottotlar tomonidan tayorlangan kitoblar hisobiga kengayib, boyib bordi. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar (XI - XII aslar) Marvda saqlangan Saljuqiylar va Gurgunchdagi Xorazmshoxlar kutubxonalari juda mashxur bo‘lgan.


    1. Yüklə 281,91 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin