Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Parfiya va Tuproqqal’a arxivining topilishi hamda o‘rganilishi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə7/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Parfiya va Tuproqqal’a arxivining topilishi hamda o‘rganilishi. Markaziy Osiyoda yozuv paydo bo‘lishi bilan muhim voqea-hodisalarni qandaydir qattiq narsalarga-devor, tosh, sopol buyumlar, metal taxtacha, yog‘och va yog‘och

taxtachalarga qayd qilib borish an’analari paydo bo‘ldi. Shunday qilib, muhim voqealar hujjatlashtirilib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan. Shunga qadar Markaziy Osiyoda arxivchilik an’anasining paydo bo‘lganligi va rivojlanganligini tasdiqlaydigan arxivlar topilgan. Qadimgi Nisadan topilgan Parfiya ish yuritish hujjatlari podshohning sharob saqlanuvchi omborxonasidan topilgan 2700 dan ortiq ostrakon (sopol taxtacha)lardan iborat bo‘lib, kimga, qancha yoki kim, qaerdan vino olib kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Mazkur ostrakonlar hisob hujjatlari vazifasini o‘tagan. Hujjatlar oromiy alifbosiga asoslangan parfiya tilida yozilgan.
Hujjatlar tasodifiy ravishda bir joyda to‘plangan bo‘lib, miloddan avvalgi I asr va milodiy II-III asrlarni o‘z ichiga oladi. Hujjatlardagi ma’lumotlar cheklangan bo‘lishiga qaramay, umumiy holda ular Parfiya jamiyati hayotining turli tomonlari to‘g‘risida axborot beradi. Ular yordamida podshohlik xo‘jaligining ayrim jihatlarini o‘rganish mumkin. Xususan ular Parfiya podshohligining ma’muriy-huquqiy tuzilishi, boshqaruv tizimi, ijtimoiy qatlami to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
1945-1950-yillarda S.P.Tolstov tomonidan Qorakalpog‘istonning Elliqqal’a tumanida joylashgan Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm hujjatlari sanalgan ulkan arxivining topilishi fanga katta ma’lumotlarni olib kirdi. Tarix fanida bu arxiv joy nomi bilan “Tuproqqal’a arxivi” deb yuritiladi. Hujjatlardan ma’lumki, Xorazmda devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari juda yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, ma’muriy-xo‘jalik tizimi turkumiga kirgan arxiv xujjatlarining topilishi Xorazm davlatidagi ish yuritish an’anasi uzoq davrlardan buyon davom etib kelayotganligini bildiradi.
Eramizning boshlari va milodiy II–III asrlarda, Tuproqqal’ada Xorazm shohlarining qarorgohini o‘rganish davomida to‘plangan ashyoviy manbalarda, ayniqsa, haykaltaroshlik namunalarida Kushon podsholigi davri madaniyatining ta’siri yaqqol seziladi. Xorazmda yozuv o‘z yo‘nalishida davom etgan va oromiy alifbosi asosida qadimgi xorazm yozuvi shakllangan. Qadimgi Xorazm davlati poytaxti – Tuproqqal’a arki-a’losidagi podsho qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan saroy
majmuini o‘rganish jarayonida III asrga oid Xorazm podsholari arxivi topilgan. Tuproqqal’a saroyidagi podsho arxivida 1947–1949 yillarda S.P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari qadimgi xorazmliklarning teri va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjatini topishdi. Shundan 122 tasi teriga yozilgan bo‘lib, ularning ko‘pi chirib ketgan. Teriga yozilgan hujjatlardan 18 tasi, taxtaga yozilganlardan esa 8 tasi yaxshi saqlangan. Bu hujjatlarning asosiy qismi ma’muriy-xo‘jalik masalalariga doir bo‘lib, oromiy tipidagi alifboda yozilgan. Hujjatlarning tili A.A. Freyman va boshqa tilshunoslar tekshirgan Xorazmning XIII

  • XIV asrlardagi o‘ziga xos eroniy (forsiy) tiliga o‘xshaydi. Ayrim hujjatlarning yili ham ko‘rsatilgan. Ular teriga yozilgan bo‘lib, noma’lum davr sanalari – 207, 231 va 232 yillar bilan belgilangan. Hujjatlar topilgan madaniy qatlam Xorazm tarixining kushon-afrig‘iylar davri oralig‘i, ya’ni III-IV asrlarga oiddir.

Tuproqqal’a hujjatlari Mug‘ qal’asidan topilgan Panjikent hokimi Devashtich arxivi kabi O‘rta Osiyoning qadimgi davriga xos ijtimoiy munasabatlarni o‘rganishda beqiyos muhim manba hisoblanadi. Ilk o‘rta asrlarga oid teriga bitilgan boshqa bir Xorazm hujjati Yakkaporson ko‘shkida, 1959 yilda Xorazm arxeologik- etnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilgan.


    1. Yüklə 281,91 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin