O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida hujjatlar saqlov xonalarini ko‘zdan kechirganimizda bu yerda ham hujjatlar maxsus hujjat saqlov anjom (stelaj)larida va maxsus tayorlangan quti (korobka) larda joylashtirilgan edi. Hujjatlar ketma ket raqamlashtirilib quti(korobka)larga joylashtiriladi. Qutilar esa yilma yil joylashtiriladi. Hujjatlar qutilarga joylashtirilganidan so‘ng qutilar yuziga maxsus qog‘ozlarda hujjat qaysi muassasa yoki korxonaga tegishli ekanligi yozib qo‘yiladi. Hujjat saqlanayotgan xona harorati bir xilda saqlanib turishi alohida ahamiyat kasb etadi. Havo haroratini o‘lchovchi asbob termometr, namlikni o‘lchovchi asbob barometr deyiladi. Hujjatlar saqlanayotgan xona harorati 15 – 18 gr namlik esa 50 – 55 gr.bo‘lishi lozim. Hujjatlar saqlanayotgan xonaga eng asosiysi quyosh nuridan saqlash lozim. Shuning uchun xona derazalariga quyosh qaytaradigan oynalar o‘rnatilgan.
Azaldan muxandis-u memorlarimiz ishlari kishini hayratga solib, xavas hissini oshirib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot xujjatlari Markaziy davlat arxivida ilm, fan, og‘ir va engil sanoat, texnika, konstruktorlik,
transport, yul qurilishi hamda tibbiyot soxasiga oid bo‘lgan hujjatlar saqlanadi. Bundan tashqari arxivda shu yo‘nalishlardagi soxalarning rivojlanish tarixiga hissa qo‘shgan fan arboblari olim va professorlarning shaxsiy jamg‘arma hujjatlari doimiy tarzda davlat saqloviga qabul qilinadi.
Shaxsiy jamg‘arma hujjatlari orasida o‘zbek milliy me’morchiligi arxitekturasi tarixi rivojiga o‘zining beqiyos xissasini qo‘shgan xalq arxitektori sharafli unvoniga birinchilar qatori muyassar bo‘lgan ustoz me’mor Abdulla Boboxonovning 30 dan ortiq shaxsiy hujjatlari ham saqlanib kelinmoqda. Uning betakror ijod yuli tadrijida o‘zbek xalq me’morchiligi taraqqiyot yo‘li aks etgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Abdulla Boboxonov 1910-yilda Toshkentning avvalgi CHu daryosi yonida joylashgan To‘qmoq degan qadimiy shinam shaxarchada dunyoga kelgan. A.Boboxonov o‘z faoliyati davomida Buxoro, Samarkand, Karshi, SHaxrisabz, Qo‘kon kabi boy merosimiz aks etgan ko‘rkam maqbarayu, madrasalarni ko‘rib undagi o‘zbek me’morchiligiga bo‘lgan xavasi xissi uyg‘ona borgan.
1922-yili Toshkent Davlat Universitetining injener-memoratsiya fakulteti qoshida arxitektura vabinokorlik qurilish bo‘limlari ochilgan. Keyinroq bu O‘rta Osiyo qurilish institutiga aylangan. A.Boboxonov ham ana shu institutga qabul qilinib, me’morchilik va binokorlik san’atini egallashga kirishgan. Bo‘lajak olim bu hunarni zo‘r shijoat va ishtiyoq bilan egallab bordi. 1933-yilda u shu soxa mutaxasissi arxitektorlik diplomini qo‘lgakiritdi. A.Boboxonov birinchi o‘zbek arxitektori bo’lib, uning oldida keng ijod ufqi ochilga nedi. Ijodiy parvozi uchun qulay sharoit mavjud edi. O‘z malakasini oshirish uchun u Moskvaga yuborildi. Avvaliga injener-qurilishinstitutiaspiranti,kasbi arxitektor bo‘lganligisababli 1934 yili Arxitektura institutiga aspiranturasiga qabul qilindi. A.Boboxonov ustozi I.V.Rilkiy raxbarligida ulkan madaniyat saroylari, sport inshootlari, kinoteatrlar, uy-joylar ijod etishga ishtiyoqi oshib bordi.
A.Boboxonov aspiranturada o‘qishi davomida faqat G‘arb arxitekturasinigina emas, balki O‘rta Osiyo qadimiy arxitekturasini ham artroflicha o‘rganishga, o‘tmish ijobiy tajribalaridan keng foydalanishga aloxida e’tibor berdi.
Samarkand, Buxoro, Shaxrisabz, Qo‘qon kabi qadimgi osori antiqa boy shaharlarda bo‘lib, ayniqsa XIV-XV asrlarga oid arxitektura yodgorliklarini chuqur o‘rgandi. Bu esa me’morning kelgusida ijodiy izlanishlar uchun zamin tayyorladi.
1939-yil boshlarida A.Boboxonov Toshkent shahar loyixalash institutiga bosh arxitektor qilib tayinlandi. A. Boboxonov hayotida ilg‘or loyixa va me’morchilik ishlari davri boshlandi. Suv inshootlari kurilishishi rejalashtirildi, shunga ko‘ra 1939-yili Katta Farg‘ona kanali 45 kun ichida qazib bitkazildi. SHuningdek, SHimoliyvaJanubiyFarg‘onakanallari, Toshkent kanali ham tez kundatugallandi. A. Boboxonov o‘zining 45 yillikbunyodkorlikishidavomida 100 dan ortiq loyixalartuzibularnitatbiq kildi. A.Boboxonovning 23 ta ilmiyasarlariborki ular hozirgikundanodirvanoyobxujjatlarsirisigakiradi. O‘z ijodidavomida A.Boboxonov 50 ga yaqinturli o‘rindagiuy-joylar, madaniyatsaroylari, kino va teatr zallari, choyxona, suvxavzalari va yana boshqa ko‘pgina betakror ijod namunalarini keltirish mumkinki, ular bugungi kunda barcha uchun birdek qadrlidir.
Taniqli vrach S.M.Mannonov haqida mazkur arxivda qimmatli hujjatlar saqlanadi. Mannonov inson salomatligi uchun muhim sanalgan mavzuda tadqiqot olib borgan. U 1967-yil 30-dekabr oyidatibbiyot fanlari nomzodi dissertatsyasini ximoya kilgan. 1960-1988 yilgacha kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim so‘ng bo‘lim boshligi lavozimida ishladi. S. M. Mannonov 1969-yildan beri “Umurtqa qiyshiqligi” kasalliginikonservativvaoperativ davolash usuli bilan shug‘ulanadi. “Umurtqa qiyshiqligi” kasalligini, Respublika miqyosida tarqalish darajasini aniqlash uchun professor N.M. Shamatov raxbarligida 1966-1973 yillarda maktabgacha va maktabdagi bolalarni tekshirib chiqdi hamda bu kasallikni miqdorini aniqlashda bevosida qatnashdi. M.S. Mannonov O‘zbekiston Respublikasida birinchi marotaba skolioz kasalini mukammal o‘rgandi.
S.Mannonov 9 ta skolioz kasalligini davolaydigan maktab-internatlarida muntazam ravishda o‘z maslahatlariniberib keldi. 1998-2003 yillarda 1106 ta, 20 xil murakkablikdagi operatsiyalarni bajargan va yordamlashgan. S.Mannonov100 ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ko‘plab olimlar va ortaped mutaxasislarga ustoz. Mannonov
Samuk Mannonovich 2003-yil 10-noyabrdagi №16 sonlibuyruqga ko‘ra ‘‘travmatologiya va ortopediya” mutaxasisligi bo’yicha “Oliy” malaka toifas iberildi.Mannonov S. M. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimidir.