O`zbek davlatchilik tarixi



Yüklə 43,62 Kb.
səhifə1/7
tarix26.11.2023
ölçüsü43,62 Kb.
#135343
  1   2   3   4   5   6   7
O`zbek davlatchilik tarixi-fayllar.org


O`zbek davlatchilik tarixi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSTITETI
O`ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

5120300 – Tarix ( Jahon mamlakatlari bo`yicha) ta`lim yo`nalishi


18.70 A – guruh talabasi Muhtorova (Mamirjonova) Zaynabbonuning
O`ZBEK DAVLATCHILIK TARIXI fanidan
“Chorizmning Turkistonda mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan madaniy va ma`rifiy siyosati” mavzusida


KURS ISHI

Ilmiy rahbar: PhD Yo`ldashev Sh.

MUNDARIJA
KIRISH ..............................................................................................3
I. BOB. Turkistonda Chor imperiyasi siyosatining asosiy yo`nalishlari.
1.1. Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi...........................................6
1.2. Turkistonda inson huquqlarining poymol etilishi.........................................10

II. BOB. Chorizmning Turkiston o`lkasidagi mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan siyosati.
2.1. Turkiston o`lkasini xomashyo bazasiga aylantirilishi...................................14
2.2. Mustamlakchilikni kuchaytirishga qaratilgan madaniy va ma`rifiy siyosat...................................................................................................................18
Xulosa..................................................................................................................22
Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................24


KIRISH
Biz tariximizdan biror sahifani ham olib
tashlamaymiz. Bu tarix bizniki, uni unu-
tishga esa hech kimning haqqi yo`q.
Islom Karimov.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining e`lon qilinishi respublikada demokratik va insonparvar jamiyat qurishga, bozor iqtisodiyoti tamoyiliga asoslangan jamiyat negizlarini yaratishga keng yo`l ochib berdi. Mustaqillik sharofati bilan o`zbek xalqining o`tmish tarixi, ma`naviy qadriyatlari, qadimiy madaniyati tiklana boshladi.
O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov o`zbek xalqining istiqlol yillarida qayta uyg`onayotgan milliy ma`naviyati va ma`rifatiga to`xtalib, jumadan, quyidagilarni ta`kidlab o`tgan edi: “Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch- ma`rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir eslang. Nega bu o`lkada o`sha yillari ma`rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi ? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o`lkani uyg`otishga, xalqnig ko`zini ochishga faqat ma`rifat orqaligina erishish mumkin edi”.1
Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olganidan so`ng o`lka hayotidagi barcha sohalar ustidan mustamlakachilik tartibini o`rnatdi. Jumladan, mustamlakachi ma`muriyat o`lkada mavjud bo`lgan madrasa va mahalliy diniy maktablar faoliyatini cheklab, ular ustidan doimiy nazorat yurutish siyosatini olib bordi. O`lkada faoliyat yuritgan barcha general gubernatorlar mahalliy aholi ijtimoiy- ma`naviy turmush tarzini ruslashtirish siyosatiga urg`u berdilar. Har qanday yo`l bilan bo`lsa ham mahaliy aholini qattiq nazoratda ushlab turish va o`lkada oz siyosatini o`rnatishga bel bog`lashgan. Bu davr tariximizning muhim qismi bo`lib, chuqur o`rganishni talab etadi.

Yüklə 43,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin