O`zbek davlatchilik tarixi


II.BOB. Chorizmning Turkiston o`lkasidagi mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan siyosati



Yüklə 43,62 Kb.
səhifə5/7
tarix26.11.2023
ölçüsü43,62 Kb.
#135343
1   2   3   4   5   6   7
O`zbek davlatchilik tarixi-fayllar.org

II.BOB. Chorizmning Turkiston o`lkasidagi mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan siyosati.
2.1. Turkiston o`lkasini xomashyo bazasiga aylantirilishi.
O`rta Osiyodan arzon xom ashyo manbai va rus mollari sotiladigan qulay bozor sifatida foydalanish juda ham qulay bo`lgan. Chunki Rossiya mollari sifati past bo`lganligi sababli Yevropa bozorlarida sotilmay qolib ketayotgani va juda katta zarar ko`rayotgan bir paytda Turkistondagi xom ashy ova bozor Rossiya uchun juda ham qo`l keldi.bu fikrni K.K.Palen rivojlantirib, shunday degan edi: “Turkistonni istilo qilishning asosiy sabablarini hisobga olmaganda ham bu o`lka Rossiya tomonidan bosib olishining dastlabki kunlaridayoq Rossiya jihatdan ikki qiziqish uyg`otgan edi: 1. Moliyaviy jihatdan davlat daromad manbai va ichki ishlab chiqarish mahsulotlari uchun yangi bozor. 2.Mustamlakachilik nuqtai nazaridan markaziy guberniyalardagi ortiqcha aholini ko`chirish uchun yangi hudud sifatida ham diqqatga loyiq edi”.8
Imperiyaning Turkiston xom ashyosidan oladigan foydasining aniq miqdorini hech kim bilmagan va u faqat metropoliya burjuaziyasigagina ma`lum edi. Rossia to`qimachilik sanoati maxsulotlari qiymati 1900-yildan 1913-yilga qadar 150 % oshganidan kelgan foyda ham shu rus kapitali cho`ntagiga tushgan va uning hisobini ham hech kim bilmaydi. Rossiya qisqa vaqt ichida Turkistonni yirik xom ashyo manbaiga aylantira oladi. O`lka asosan Rossiyaning asosiy paxta bazasiga aylantirildi. Bu haqda Turkiston jadidlari yetakchisi Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev 1917-yil iyul oyida Qozonda o`tgan 2- Butunrossiya musulmonlari qurultoyida shunday degan edi: “ Shu kunga qadar Turkiston musulmonlari ruslar uchun govmish sigir bo`lib kelmoqda. Bugunda Turkiston Rossiyaga paxta yetkazib beruvchidir. Hanuzgacha to`xtamayotgan urush tufayli paxtaga tobora extiyoj ortib bormoqda, chunki u porox tayyorlashda kerakdir. Agar urushgacha bo`lgan davrda Amerika paxtasining 1 pudi Rossiyaga 18 rubldan tushgan bo`lsa, hozirda barcha mollarga narx navo 3 barobar oshganda, 1 pud Turkiston paxtasi Rossiya tomonidan 7 rubldan 10 rublgacha sotib olinmoqda, holbuki, 1 pudning bahosi hozirda 20 rublni tashkil etmog`i lozim. Demak, Turkiston paxtakorlari har pud paxtadan 10-12 rubl zarar ko`rmoqdalar. Bundan xulosa qilib shuni chiqarish mumkinki, agar turkistonda yiliga 10-12 million pud paxta yetishtirilsa, u holda bizning paxtakorlar tomonidan ishlab topilgan 100 mln rubl har yili rus kapitallari cho`ntagiga tushmoqda”.9
Metropoliyaning iqtisodiy siyosati Turkistonni xom ashyo manbaiga aylantirish, uni rus mollari sotiladigan bozor sifatida tutib turish va tabiiy boylarni markazga tashib ketishga qaratilgan edi. Bu siyosatdan dvoryan pomeshchiklar sinfidan tashqari, tobora rivojlanib va kuchga kirib borayotgan rus burjuaziyasi va ayniqsa to`qimachilik sanoati egalari juda ham manfatdor edilar.Turkiston mo`may daromad manbai sifatida Rossiyani boyitib borayotgan edi. Metropoliyadagi rus kapitalistik munosabatlarning rivoji mustamlakalarni ham o`z domiga tortdi. Turkiston o`lkasi ham bu jarayonga jalb etilib, unda ham markaz manfatlariga mos kelgan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. O`lka fabrika zavod sanoatining asosini ham xuddi shu paxta sanoati tashkil etganligi ham tasodifiy emas, albatta. O`rta Osiyo paxtasi iqlim va hududiy jihatdan eng sifatli paxta bo`lganligi sabali ham Rossiya sanoati gurkirab rivojlandi, albatta Turkiston mehnatlari evaziga. 1884-yildan Turkiston o`lkasida ham eng oliy nav bo`lgan “Amerika” navli paxtani o`lkada katta maydonlarda ektirishlaridan so`ng imperiya to`qimachilik sanoato kolchalonlarining esa ishtahasi yanada ochilishiga sabab bo`ladi.
Turkiston o`lkasi imperiyaning asosi xom ashyo manbai bo`lishdan tashqari u Rossiyaning Yevropa bozorlarida raqobatga dosh bera olmagan sifatsiz maxsulotlarini sotish uchun katta bozorga aylantila boshladi. Rus firmalari va shirkatlari mollarning turlari bo`yicha Turkiston bozorida o`z monopoliyalarini o`rnatib olishgan edi. Rus kapitallari o`z manfatlarini o`ylab qayta ishlash sanoatini o`stirishni istamaganlar va asosiy kapitallarini savdo-sanoat muammosi doirasiga sarfladilar. Xususan taniqli mutaxasislardan N.P. Verxovskiy chorizmning Turkistonni xonavayron qiluvchi iqtisodiy siyosatini tanqid qilib, 1909-yilda bunday deb yozgan edi: “Bunday ijtimoiy iqtisodiy evoyutsiyaning borishi o`lkani butkul xonavayron qilibgina qolmay, barcha ruslardan yotsirashga olib keladi. Xonavayron bo`lgan aholining iqtisodiy noroziligini kuchaytirib, hukumatga va ruslarga qarshi tashviqot uchun juda qulay zamin yaratadigan nufuzini vujudga keltiradi”.10
Paxta yakka hokimligi Turkiston sanoatiga tamoman mustamlaka tusini berib, uni metropoliya burjuaziyasiga raqobatchi emas, balki unga xizmat ko`rsatuvchi sohaga aylantirgan edi. Rus burjuaziyasi va rivojlanib borayotgan Turkiston burjuaziyasi o`rtasidagi munosabatlarda ham shu holat o`z aksini topdi. Markazdagi kapitalistlar, chet el firmalari bilan birgalikda Turkiston boyliklarini o`zlashtirish ishida mahalliy burjuaziyasini o`ziga vositachi qilib olgan edi. Rus burjuaziyasi Turkiston sanoati, qishloq xo`jaligi va yer osti boyliklarini o`zlashtirish ishiga nisbatan, kapitalistik munosabatlarda chiqqan holda siyosat o`tkazar va ana shu mmasalada dvoryan-pomeshchiklar bilan to`qnashar edi. Mustamlakachilar barcha huquqlaridan foydalanib o`lka xalqlarining yer osti va usti boyliklarini, moddiy va ma`naviy boyliklarini ham markazga tashib ketdi. Xom ashyoni sifatlisini o`zidan olgan bo`lsa ham o`lka xalqlari aholisiga sifatsiz maxsulotlarni qimmat narxlarda o`tkazishgan. Yuqorida aytib o`tilganidek sifatli xom ashyolarga ham yarim bahodan ham kamroq mablag` ajratgan. Rus ma`murlari o`lkadan har jihatdan foydalandi. O`z mahsulotlarini o`zlariga qimmat narxlarda sotib, yana o`zlari mehnati evaziga kelgan mahsulotlarni o`zlariga qaytarib turganligi yanada achinarli holat. Rossiya imperiyasi faqat paxta xom ashyosinigina olibgina qolmay o`lkadagi qishloq xo`jalik maxsulotlaridan ham markazga tashib ketadi. Zaxmatkash aholi esa tun u kun ular uchun mehnat qilib o`z boyliklarini ham ularga tortiq qilgan. Ayovsiz maehnat va kamsitishlar oqibatida ko`tarilgan qo`zg`olonlar esa shafqatsizlarcha bostiriladi. O`lkada shuncha mehnat qilganlari yetmaganday , ruslar o`lka aholisini yana markazga mardikorlikka ham jalb qiladi. Bu vaziya shusiz ham kulfat ichida turgan aholining boshiga yana bir balo bo`lib keldi va noiloj bosh ko`tarishga olib keldi. Boy va kambag`al aholidan mardikorlikka olishda ko`plab nohaqlliklarga qo`l urildi. Kambag`al aholidan farzandlarini olib ketilishi yanada ularning mehnatlarini og`irlashtirdi. Ruslar bo`lsa hali hamon o`lkadan zaxira manbai sifatida foydalanib boyliklarini tashish va o`zlashtirish bilan ovora edi. Oddiy xalq esa tinimsiz mehnat va azob uqubatlar ila kun kechirib har o`tgan kuniga shukr qilib yashashdan boshqa iloji yo`q edi. Burjuaziya mustamlaka siyosatini o`tkazishni monopolistic kapitalizmga xos bo`lgan yangi usullarda: kapital chiqarish, qarz berish, konsensiyalar olish, xom ashyo manbalarini qo`lga kiritish kabi vositalar yordamida amalga oshirishni istasa dvoryan pomeshchiklar esa o`lka yerlarini tortib olib, rus pomeshchiklariga bo`lib berish, iqtisodiy xarakterga ega bo`lmagan vositalarni harbiy kuch va zo`ravonlik bilan paterialxal-feodal munosabatlarni saqlab qolish tarafdorlari edilar. Boshqa sohalardagi kabi huddi shu mustamlaka siyosatini o`tkazishda dvoryanlarning ustuvorligi rus burjuaziyasini podsho hukumatiga qarshi qayrar edi. Shunday qilib rus mustamlakachilarni o`lkani chinakkamiga xom ashyo manbaiga aylantira oladi. O`zlari boshida niyat qilgan barcha yutuqlarga erishdi. O`lkani bozor va rus aholisini ko`chirib kelishga moslashtirib, o`zlarining qattiq siyosatlari ila mahalliy aholini qo`rquv va azobda ushlab turishdi.

Yüklə 43,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin