O`zbek davlatchilik tarixi


Mustamlakchilikni kuchaytirishga qaratilgan madaniy va marifiy siyosat



Yüklə 43,62 Kb.
səhifə6/7
tarix26.11.2023
ölçüsü43,62 Kb.
#135343
1   2   3   4   5   6   7
O`zbek davlatchilik tarixi-fayllar.org

2.2. Mustamlakchilikni kuchaytirishga qaratilgan madaniy va marifiy siyosat.
Mustamlakachilar o`lka hududida o`z siyosatlarini kuchaytirish va aholini qattiq nazoratda ushlab turish uchun juda ko`plab siyosatlarni amalga oshirishgan. Shunday siyosatlardan biri madaniy va ma`rifiy sohadagi siyosat hisoblanadi. Rus mustamlakachilari mahalliy aholini iloji boricha qoloq bo`lishini va ular tomonidan buyurilgan barcha qonun va topshiriqlarni so`zsiz bajarishlarini hohlashgan. Shu sababli ham o`lka xalqlariga hech qanday imtiyoz va huquq bermay ularni tinimsiz xo`rlaganlar. Ruslarga qarshi chiqqanlarni oddiy ayblari uchun ham juda katta jazolar bilan qamoq yoki surgunga jo`natgan. Iloji boricha ularni kuchaytirilgan va qattiq nazoratga olishga itilganlar. Chor Rossiyasi 1864-1895-yillar mobaynida Turkistonni bosib olgach, o`lkada qattiqqo`llik bilan mustamlakachilik siyosatini olib bordi, endi mehnatkashlar ikki tomonlama eksplutatsiya qilina boshlandi. Chor Rossiyasi ayniqsa rus-yapon va Birinchi jahon urushlari munosabati bilan o`lkada mustamlakachilik milliy zulm va zo`rlik siyosatini avjiga mindirdi. U o`z oldiga Turkiston o`lkasi milliy boyliklarini talash, yerli xalqni qattiq eksplutatsiya qilib, ularning qonini zulukdek so`rish uchun ulug` davlatchili siyosatini olib bordi. Chor ma`murlari bu jirkanch niyatlarini amalga oshirish uchun hech narsadan qaytmadilar va bu niyatllarini hech kimdan yashirmay, o`zlarini yana va yanada ko`proq o`lkani talashga qaratganlar. Chor Rossiyasi Turkiston o`lkasiga xomashyo bazasi sifatida qarab bu hududlarda korxona va fabrikalar qurishga uncha ko`p etibor berishmadi. Uning o`rniga tezda foyda beradigan kichik-kichik fabrikalar qurish bilan cheklanishgan. Bir so`z bilan aytganda Chor Rossiyasi Turkiston o`lkasini har tomonlama orqada qolishiga sabab bo`lgan va har sohada ularni bo`g`ib tashlagan.
Chor ma`murlari mahalliy xalqni qorong`ulik va zabunlikda saqlash yo`lini tutdilar. Xalq maorifi qattiq nazorat ostiga olindi, ruscha tartib qoidalar joriy etildi, rus tili rasmiy tilga aylantirildi, ruschani bilgan fuqarolar har tomonlama rag`bartlantirildi. Chor Rossiyasi Turkiston musulmon aholisining diniy etiqodi, his tuyg`usi, diyonatiga, milliy qadryatlariga qarshi hujum qildi. Tohir Shokir Labik o`zining 1934-yilda Berlinda chop etilgan “Turkiston paxta xo`jaligi” kitobida “ 1. Ibtidoiy maktab ruschadur. O`quvchilar ruscha o`qiydur. 2. O`rta maktab ruschadur. Bu maktab talabalari 400 bo`lib shundan ikki kishi musulmon edi. Biri Andijondan, yana biri O`shdan”…. O`quvchi bilimini oshirish uchun gimnaziyaga yohud Toshkentdagi seminariyaga, Peterburgdagi akademiya joylanishi missionerlar qo`lidadur. Ilm tahsili uchun xorijga chiqishning esa iloji yo`qdur. Diniy bo`lsin, faniy bo`lsin har qanday ilm Rossiyaning ichida ilm o`qiydur. Buni Moskov va Peterburg ta`min etur. Ammo no`g`oylarda Misrda, Xijozda ta`lim ko`rga olimlar chiqsa esada, juda oz barmoq bilan sanarli darajadadur. Bizning Turkistonda faloniy deb zikr qilishga hech raqam yo`qdur. Andijondagi ayni maktabda norasmiy sur`atda vaqtincha xaftada ibtidoiy ikkita dars musulmon tilida o`qitilur edi”,- deydi. Bundan ko`rinib turibdiki rus hukumati o`lka xalqlari aholisini bilimli va aqlli bo`lishini istamagan, uning milliy qadryatlarini ayovsiz toptagan, o`lkada esa rus tilini har jabxalarda joriy etishga harakatlarni amalga oshirgan, o`lka xalqlari aholisining diniy urf odatlariga ham qarshi chiqib ularning o`z ibodatlarini ado etishlariga ham qarshilik ko`rsatgan. Rus tilining rasmiya til sifatida qo`llanishi tub yerli aholini siyosatdan ancha uzoqlashtirdi. Aksariyat hollarda qanday qonunlarga rozilik berayotganlaridan ham behabar qolishlari eng achinarli holatlarga aylandi. Davlat ishlarini va asosiy huquqiy masalalar ham rus vakillarining ixtiyorida bo`lib, ular o`z xohishiga ko`ra siyosat olib borishgan.
Rossiya hukumati Turkistonda maorif extiyojlariga umuman past nazar bilan qaragan va bu sohaga harbiy mirshablik boshqaruvni saqlashga ta`minlashga ketadigan mablag`dan 35 barobar kam mablag` sarf qilgan. Umuman xalqni bilimli qilishni istamagan, ular xalqni bilimsiz qilib har qanday buyruqni so`zsiz bajaruvchi manqurt sifatida bo`lishini istashgan va shu sababli ham ularga talim va boshqa sohalarda umuman erkinlik va imtiyozlar berishmagan. Shu sababli ham xalq ahvoli kundan kunga yomonlashib, tubsiz botqoqlik sari botib borgan. Sanoat korxonalariad ham ishlayotgan ishchilarning o`rtacha ish haqqi Markaziy Rossiyadagi ishchilarning ish haqlariga nisbatan 1.5 barobar kam ish haqqi olganlar. Turkistonning o`zida ham bir korxonada ishlab bir xil yumush va vazifani bajargan rus millatiga mansub vakilga tub yerli aholiga nisbatan ko`proq maosh belgilangan. Shaharlarda sanoat korxonalari va temiryo`llarda ishlaydigan ishchilar g`oyat og`ir sharoitlarda mehnat qilgan. Ishchilar ish kuni odatda 10-12 soatga, bazi tarmoqlarda esa 17-18 soatgacha cho`zilar edi. Ishchilarning maishiy ahvoli to`g`risida esa hech kim g`amxo`rlik qilmas edi. Tub yerli aholi saylov huquqlaridan ham mahrum etilgan edi. Buning isbotini esa davlat dumasiga o`tkazilgan saylovdan ham bemalol ko`rish mumkin. To 1906- yilga qadar haam chor ma`murlari Turkiston davlat dumasi saylovlari tartib qoidalarini ishlab chiqishga shoshilishmagan.
Asosan tub yerli aholidan iborat bo`lgan qishloq mehnatkashlari ahvoli shahar aholisiga nisbatan ham og`irroq edi. Muhammad Muso Turkistoniy “Ulug` Turkiston fojiyasi” kitobida qayd qilishicha: Ruslarning Turkistonga biz madaniyat olib keltirdik, Turkistonni ozod qildik degan iddaolari bo`sh so`zdan iborat bo`lib qoldi… Xalq faqirlashdi, sindi-sindi ko`paydi, hamma ish bank va shirkatlarning foydasig`a hal bo`ldi. Masalan, bir kishining bankdan ming so`m qarzi bor. Vaqtida to`lay olmadi. Haftalik oylik o`sgan foydasi bilan u qarz uch ming so`m bo`lg`oni u bechora vafot qilib, vorislari ham to`lay olmay, nihoyat hovli joylari, bog`lari, bo`stonlari sotiladur. Puli bankka to`lanadur. Bu ishlar ayb bo`lmay elda, yurtda odatlanib qonunlashib qolg`oni ma`lumdur”. Bu jarayonlar ham xalqni yanada parokanda qilib bordi, usiz ham og`ir ahvolda bo`lgan mehnatkashlar ahvoli yanada og`irlashib bordi. Qishloq aholisi oddiy mehnat qurollari belkurak, ketmon, omoch, o`roq, panshaha kabi mehnat qurollariga ega bo`lib, bular mehnat samarasini juda past darajada rivojlantirdi. Chor Rossiyasi hukumati esa qishloq xo`jail asboblari yetkazib berishga umuman etibor bermagan. Lekin baribir qishloq aholisidan yil yakunida qo`yilgan no`rmadagi mahsulotlarni talab etishgan. Shu tariqa mehnatkashlar ham tobora qashshoqlashib, nochorlashib borgan. Mustamlakachilik siyosatinin aynan madaniy va marifiy sohada amalga oshirilishiga asosiy sabab xalqni marifatidan ayirish orqali uni butunlay nobud qilish va o`tmishini yo`qotish mumkin bo`lgan. Shu sababli ham mustamlakachilar mustamlakachilik siyosatini aynan shu sohalarda kuchaytirishgan. Xalqni qoloqqa aylantirish orqali ularni bor kuchidan aqlidan ayirib, bir manqurt singari bo`lishiga asosiy sababgor bo`lishgan. Mustamlakachilar o`z maqsadlai yo`lida har narsalarni amalga oshirishgan. Xalq marifati eng kuchli qurol hisoblanadi. Shu sababli ham uni yo`q qilish xalqni yo`qotish degandek bir gap edi. Rus mustamlakachilari mustamlakachilik siyosatini kuchaytirishda ma`rifiy sohadan foydalanganlari ham bejiz emas edi. Chunki ma`rifiy jihatdan bo`g`ib tashlanishi ularni yani tub yerli aholini nobud qiladi.
Mustamlakchilar o`lka xalqlarining madaniy ehtiyojlarini qondirish masalasiga umuman panja orqasidan qaraganlar. Bu soha yuzasidan har bir kishiga sarflanadigan yillik mablag` hisobi atigi 6 so`m miqdorida bo`lgan holos. Ko`chib keltirilgan rus aholisi va tub yerli aholining yashash sharoitlari o`rtasida ancha farq bo`lgan. Masalan tub yerli aholi muzeylar va boshqa ko`ngilochar joylarga boorish huquqidan mahrum edilar. Rus aholi esa bunday huquqlarga ega bo`lib o`z madaniy boyliklarini boyitib borishgan. Mustamlakachilarning kuchaytirilgan mustamlakachilik siyosatii ularni bir muncha vaqt o`zligi madaniyati va marifatidan ayirgan bo`lsa, tub yerli xalq qalbida har doim olg`a intilish va ozod kunlarga erishish orzu istaklari jo`sh urib turardi. Mustamlakchilarning qancha qattiqqo`l siyosat qo`llashiga qaramay ularni bunday hayollar bir daqiqa bo`lsa ham tark etmagan deb o`ylayman. Chor hukumati tub yerli aholi vakillarini o`ziga sodiq bo`lishga va hatto masjid va madrasalarda ham podsho nomiga xutba o`qishlarini va unga uzoq umr tilashlariga buyruqlar bergan.


Xulosa
Xulasa qilib aytganda, Chor Rossiyasi Turkiston o`lkasida og`ir va ayanchli mustamlakachilik siyosatini olib bordi. O`lka boyliklarini taladi va Rossiyaga tashib ketdi. Chor Rossiyasi tomonidan amalga oshirilgan qurulishlar va madaniy va marifiy tadbirlar o`lka boyliklarini imkon boricha ko`proq tashib ketishga qaratilgan edi. Mustamlakachilar o`lka xalqlarining milliy qadryatlariga, tili, dini va boshqa milliy urf odatlariga tajovuz qildilar. Mahalliy xalqlarning barcha huquq va erkinliklarini bo`g`di. Chor hukumati o`lka xalqlarini iloji boricha itoatda saqlash va o`lka boyliklarini tezroq o`zlashtirish maqsadida bu hududlarda kuchaytirilgan mustamlakchilik siyosatini amalga oshiradi. O`z maqsadlari yo`lida har qanday jirkanch ishlarni ham amalga oshiradi. Rus ma`murlarining mustamlakachilik siyosatidan asosiy maqasadi o`lka milliy boyliklarini talash, Turkistonni xomashyo manbayiga aylantirish va rus aholisini bu hududlarga ko`chirib keltirishni maqsad qilgandilar va bu maqsadlariga erishdilar. O`lka xalqlari aholisini tinimsiz kuchayib borayotgan norozilik xarakatlari esa mustamlakachilik siyosatini kuchaytirishga olib keldi. Mustamlakchilar teb yerli aholini har qanday huquq va erkinliklardan ayirib, o`zlariga bir qul kabi bo`lishini hohlashdi. Turkiston aholisini erkin ilm olish va diniy urf odatlarni bajarishlariga to`sqinlik qilishdi. Xalq ichidan chiqqan bilimli kishilar esa qattiq quvg`in ostiga olindi. Rus tilini rasmiy til sifatida qo`llanishi mahalliy aholiga yanada qiyinchiliklar olib keldi va ularni siyosat va boshqaruvdan uzoqlashtirdi. Xalq orasida rus tilini biluvchilar kamligi sababli ko`p xollarda qanday qonunlarga rozi bo`layotganliklaridan ham behabar qolishar edi.
Madaniy jihatdan ham o`lka xalqlari ancha kamsitilgan. Ularning madaniy ehtiyojlari umuman etiborga olinmagan. Ko`chirib keltirilgan rus aholisi bilan teg huquqlarga ega emasdilar, nafaqat madaniy jihatdan balki oylik maoshlarida ham ulardan kam mablag` olingan. Bir korxonada bir xil yumushni bajargan mahalliy aholi va ko`chirib keltirilgan rus aholisi maoshlarida ham ancha tafovutlar sezilib turgan. Bundan ko`rinib turibdiki har sohada o`lka xalqlariga past nazar bilan qaralgan. Mustamlakachilar faqat mahalliy xalqlarni o`zlarining qattiq siyosatlari ostida saqlab, ularga sodiq qul bo`lishi yo`lida harakat qilishgan.
Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki rus mustamlakachilari yurtimiz boshiga bitmas tugamas balolarni yog`dirgan va ularni tinimsiz azoblar o`z erklaridan haq huquqlaridan ayirgan. Bu ham yetmaganday, xalqimiz tegishli bo`lgan boyliklarni talab, yana ularni qanchadan qancha qiyinchiliklarga duchor etgan. Bir so`z bilan aytganda mustamlakachilar doimo siyosatni kuchaytirib, o`lkani qattiq nazorat ostida saqlashga harakat qilishgan. Lekin shunday qiyin damlarda ham xalqimiz o`zligini, milliy qadryatlarini, millatini, madaniyatini, milliy turmush tarzini saqlab qola oldi. Mustabit tuzum sharoitida ham turkistonliklar erkinlikka taraqqiyotga va istiqlolga bo`lgan azaliy intiqligi so`nmadi. Xalqimizning yurak bag`riga chuqur o`rnashgan mustaqillik va ozodlik tuyg`usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va natijada O`zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.



Yüklə 43,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin