O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
otlarga qo’shilib, shaxsning
shu hududga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo’shilgan
-lik
qo’shimchasi
atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: samarqandlik, shaharlik.
“Nima?’’ so’rog’iga javob bo’lib, jonli va jonsiz
narsalarni bildirgan otlarga
narsa otlari
deyiladi. Narsa otlari -gich, (-qich, -kich, -
g’ich),
-gi (-qi, -ki, -
g’i),
-k, -q, -oq, -(i)ndi, -ma, -don
va boshqa
qo’shimchalar yordamida yasaladi.
-q
qo’shimchasi a unlis bilan tugagan fe’llarga qo’shilganda, a
unlis o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi:
bo’ya+q=bo’yoq.
“Qayer?” so’rog’iga javob bo’lib, o‘rin
-
joy ma’nosini bildiruvchi otlar
o’rin
-joy otlari
sanaladi.
Bunday otlar o’rin
-
joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham
bildiradi, shuning uchun “qayer?’’
so’rog’i bilan birga “nima?” so’rog’ini ham
olishi mumkin. -zor, -loq, -iston, -
goh qo’shimchalari o’rin
-
joy otlarini yasaydi.
Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi.
Faoliyat-jarayon
otlari -lik, -chilik, -garchilik, -(i)m, -(i)k, (-q)
qo’shimchalari yordamida yasaladi:
ezmalik, g’allach
ilik, serobgarchilik, terim,
unum va hakozo. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin
bo’lgan narsalarni
bildirgan otlarga aniq otlar deyiladi: kitob, mashina, uy, eshik, dutor va hakozo.
Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lmagan, tafakkur va
tasavvur orqali idrok qilinadigan
narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi: xayol, aql,
o’y, go’zallik va hakozo. Aniq otlar birlik
va ko’plik shaklida qo’llana oladi, ammo
mavhum otlar ko’plik shaklida qo’llanganda, asosan, ko’plik
ma’nosi emas,
balki
ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi.
Mavhum otlar -lik, -ch, -inch
qo’shimchalari yordamida yasaladi.
Dostları ilə paylaş: