O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə13/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   202
1.Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).

2.Qipchoq lahjasi (janubiy-g’arbiy guruh).

3.O’g’uz lahjasi (shimoliy-g’arbiy guruh).

Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o’z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg’ona, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:

1) so’z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak– elay, terak – teray kabi.

2) olashish yuz beradi: aka – oka, Akram –Akrom.

3)qaratqich va tushum kelishigi –ni tarzida: ukamni daftari.



Qipchoq lahjasi shevalari O’zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan. Belgilari quyidagilar:

1) y o’rnida j ishlatiladi: yo’l – jo’l, yo’q – jo’q,

2) g’ o’rnida v ishlatiladi: tog’ – tov , sog’ – sov

3) k ,q tushuriladi: eti(k), sari(q).



O’g’uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi bir qancha shevalarni o’z ichiga oladi. Belgilari:

1) unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism).

2) t tovushi d, k tovushi g tarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi.

Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona – Toshkent shevalari asos qilib olingan.

Shevalarning o’ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri bilan asta-sekin yo’qolib boradi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin