3-mavzu:O’zbek adabiy tili va shevalari
Reja:
1.Umumxalq tili va adabiy til.
2.O'zbek adabiy tili va shevalari.
3.Sheva, lahja, dialekt tushunchalari.
Umumxalq tili ma'lum bir xalqning so'zlashuv tilidir. Uni xalq sekinlik bilan yaratib, boyitib boradi. Adabiy til esa umumxalq tilining yozuvchilar, shoirlar, ziyolilar tomonidan qayta ishlangan, me'yorga solingan, hamma uchun umumiy bo'lgan, umumxalq yoki umummillat tilining yuqori, sayqallashtirilgan shaklidir. Davlat muassasalarida, madaniyat sohalarida, matbuotda, dars o'tishda adabiy tildan foydalaniladi.
Umumxalq tilini xalq yaratadi. Adabiy tilni ziyolilar yaratadi. Lekin adabiy til xalq tili tarkibida bo'ladi. Umumxalq tilining adabiy til shakliga ko'tarilishi uchun quyidagi shartlar mavjud:
1.Adabiy til yozuv bilan ta'minlangan bo'lishi kerak;
2. Mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo'lishi kerak;
3. Ma'lum qonun- qoidalarga bo'ysunishi kerak;
Umumxalq o’zbek tilining tarkibi bir xil emas. Unda doimiy o’zaro ta’sir etib turadigan adabiy til va adabiy bo’lmagan qatlam (sheva, vulgarizm, jargonizm ) bor.
Yozuvchilar, olimlar, jamoat arboblari tilga ishlov beradigan, uni silliqlashtiradigan ustalardir. Adabiy tilda nutq tovushlarini talaffuz qilish, so’z ishlatish, grammatik shakllardan foydalanish ma’lum qoidalar va me’yorlar asosida bo’ladi.
Adabiy til ma’lum me’yorga keltiriganligi bilan ajralib turadi. Me’yorlik – ma’lum me’yor bo’lishi – adabiy tilining muhim belgisidir. Bu me’yorlar adabiy tilning turli tomonlarini: yozma va og’zaki shaklini, nutq tovushlarining talaffuzini, so’zlarini, so’z yasalishini, grammatikani qamrab oladi. Adabiy til me’yori til darsliklarida, tilga oid qo’llanmalarda, shuningdek turli lug’atlarda ko’rsatiladi.
Xalq tilidagi nutq tovushlari,so’zlar va grammatik shakllarning ma’lum bir me’yorga keltirilishi adabiy til hisoblanadi.
Adabiy til o’zaki va yozma shaklda bo’ladi. Davlat idoralarida radio va televideniya, o’quv yurtlarida, gazeta va jurnallarda, madaniy muassalarida adabiy tilda ish yuritiladi. Adabiy til me’yorlarini bilish va ulardan foydalana olish har bir madaniy kishi uchun zarurdir.
Sheva ma’lum bir joyda istiqomat qiladigan kishilarning o’zaro a’loqada bo’lishlari uchun xizmat qiladi. Sheva adabiy tildan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ozmi-ko’pmi farq qiladi.
Xalq shevalarining faqat og’zaki shakli mavjud.
Bir-biriga yaqin bo’lgan shevalar yig’indisi lahja deb yuritiladi (dialekt deganda sheva va lahja tushunchalari birgalikda anglashadi).
O’zbek tili tarkibida uchta lahja bor:
Dostları ilə paylaş: |