O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə143/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   202
1. Bosh bo’lak: ega, kesim.

2. Ikkinchi darajali bo’laklar: to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol.

1.Ega — gapning bosh bo’laklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oynaydi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan o’zaro yaqin bog’langan. Ega bosh kelishikda bo’lib , odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1.Ot bilan : Shamol gullar hidini atrofga taratdi.

2.Olmosh bilan :Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar.

3.Harakat nomi bilan: O’qish tugadi.

4.Otlashgan so’zlar bilan :

a) sifat bilan: Oqlar yurishni boshladi.

b) son bilan : Uchovimiz dala aylandik.

d) sifatdosh bilan : Qimirlagan qir oshar.

e) ravish bilan: Ko’plar qatnashdi.

f)taqlid so’z bilan: To’plarning gumbur-gumburi eshitilardi.

g) modal so’zlar bilan: Bor boricha , yo’q holicha.

5. Ibora bilan : Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi.



2.Kesim —gapning bosh bo’laklaridan. Ega bilan ifodalangan shaxs, predmet va hodisaning umumiy belgisini bildiradi. Kesim gapni uyushtiruvchi markaz bo’lib, predikativlikning belgisini ko’rsatadi. Ikki tarkibli gapda egaga tobe bo’ladi; o’ziga bog’lanib kelgan so’zlarga nisbatan esa hokim hisoblanadi. Kesim barcha mustaqil so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra, fe’l va ot larga bo’linadi. Kesim gap markazi bo’lib, u tsdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma'nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi.

Kesim nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? (ba'zan nechanchi? qanday?) so’roqlariga javob bo’ladi.

Kesim qaysi turkum so’zlari bilan ifodalanishiga ko’ra ikki xil: fe'l-


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin