17-mavzu: Orfografiya. Imlo va uning qoidalari
Reja:
1.Orfografiya tushunchasi.
2. Orfografiya va uning o’rganish ob’yekti.
3.Orfoepiya va orfografiyaning o’xshash va farqli jihatlari.
Tilda so’zlar va qo’shimchalar ma’lum qoidalar asosida yoziladi. Bu qoidalar yig’indisi imlo (orfografiya) deb yuritiladi. Imlo quyidagi qoidalariga asoslanadi:
1.Fonetik yozuv-bu qoidaga muvofiq ba’zi so’z va qo’shimchalarni eshitganimiz bo’yicha yozish mumkin:
1) tog’ + ga – toqqa, ko’k + ga – ko’kka..
2)og’iz + im – og’zim, burun + im – bur_nim.
3)yosh + a – yasha, ong + la – angla.
4) ikki + ov – ikk_ovi, yetti + ovi – yett_ovi
5)so’ra + aq – so’roq, bo’ya + q – bo’yoq
6)kes + dir – kestir, kel + dir – keltir
7)ishlayber (ishli_ver), kela oldi (kel_oldi)
2.Morfologik yozuv-bu qoidaga ko’ra so’z o’zagi va qo’shimchalar aynan yoziladi:
1) ketti emas ketdi, aytipti emas aytipdi
2) Toshkenttan emas Toshkendan
3)ishka emas ishga
4)kulub,ucunchi, tug’uldi emas kulib, uchinchi, tug’ildi tartibida yoziladi.
3.Shakliy yozuv- bu qoidaga ko’ra boshqa tillardan kirgan so’zlar o’sha tillarda qanday yozilsa, shunday yozamiz: stol(stul emas), zoologiya (zo’o’lo’giya emas), tonna (tunna emas).
4.Tarixiy – an’anaviy yozuv-bo’yicha so’z va qo’shimchalar tarixan, an’anaviy tarzda qanday yozib kelingan bo’lsa, hozir ham shunday yozilishi mumkin: sarizm – chorizm, borgin – borgil, borar – borur.
5.Differensiyalash (farqlash) yozuvi- so’zlarni urg’u yoki boshqa fonetik vositalar (masalan, ayirish belgisi) yordamida farqlab yozishdir: olma – olma, sher – she’r.
1995 yil 24 avgustda qabul qilingan “O’zbek alifbosinig yangi imlo qoidalari”da ayrim o’zgarishlar mavjud:
1)juft so’zlar orasida yuklamalar bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarda yuklama so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi:do’st – u dushman, kecha – yu kunduz.
2)yil, oyni ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yiladi: 1995 – yil 24 – avgusta, 1993 – yil 2 – sentyabr.
3)kirilchadagiuharfi so’z boshida va oxirida sharfi bilan beriladi:цирк - sirk, абзац – abzas. So’z o’rtasida unlidan keyin ts harfiy birikmasi, undoshdan keyin esas harfi bilan beriladi: лицей – litsey, акция – aktsiya.
4) tutuq belgisi ‘ o’rnida, shunindek, s, h harflari yonma – yon kelganda ularni shharfiy birikmasidan farqlash uchun: ma’no, is’hoq.
Dostları ilə paylaş: |