O‘zbek tili


Maqsud Shayxzoda (1908–1967)



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə44/67
tarix27.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#136665
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
11-sinf Ozb tili (5)

Maqsud Shayxzoda

(1908–1967)


Do‘stlar, yaxshilarni avaylab saqlang!
«Salom» degan so‘zning salmog‘in oqlang! O‘lganda yuz soat yig‘lab turgandan
Uni tirigida bir soat yo‘qlang!
Maqsud Shayxzoda

O‘zbek adabiyotining atoqli namoyanda- laridan biri, «Buyuk xizmatlari uchun» orde- ni bilan taqdirlangan mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon


Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud top- gan. Boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogi-
ka institutida sirtdan o‘qidi va 1925-yildan boshlab Darband shahrida muallim- lik bilan shug‘ullandi. Shayxzoda 1928-yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida, Fanlar qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim va to umrining oxiriga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent peda- gogika institutining o‘zbek klassik adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xiz- mat qilib, yuqori malakali kadrlar tayyorladi.
1960-yilda yozgan «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasida buyuk o‘zbek as- tronomi va ma’rifatparvar podshosi obrazini o‘zbek adiblaridan birinchi bo‘lib yaratdi. Shayxzodaning o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyo- ti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasidagi ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi va dotsent bo‘lishi bilan bir qatorda buyuk shoir ham edi. Shayxzoda asarlari qardosh va xorijiy tillarga tar- jima qilingan. Shayxzoda 1967-yili vafot etdi. U 2001-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.


Toshkentnoma


(Lirik poemadan parchalar)


Bag‘ishlov


Shaharlar boqiydir, umr – o‘tkinchi, Daryolar sobitdir, suvlar – ko‘chkinchi. Har kim o‘z shahrida qo‘ygan esdalik: Yo bino qurishda katta ustalik,


Yo shirin latifa yoki ixtiro,
Yo daraxt, yo farzand, ko‘prik, yo misra,
Yo qo‘shiq, yo dori, maktab, sog‘chilik, Xulosa: dunyoda biron yaxshilik…
Bir vaqtlar men senga shahrimni maqtab
Qilarkan ta’rifin, sen biroz to‘xtab,
«Shunchalar bormikan?» deb gumon qilding,
«Ko‘rganda aytamiz!» deb imo qilding. Va aytding – darvoqe, ko‘rgandan keyin:
«Maqtoving oz ekan, soz ekan uying!» Qomatga munosib bo‘lsin deb libos, Shahrimga dildagi muhabbat, ixlos Dostonga quyilsin degandim u choq, Kechikib yozganim kechirgin, o‘rtoq! Bu yerda turganlar, yoki ko‘rganlar, Yoki ko‘rayin deb istab turganlar,
Yoki Toshkentimning shaklin so‘rganlar, Naqshini dilida olib yurganlar…
Sizga bu taronam – kuyim armug‘on, Nasr – og‘ir qadam, nazm – chopog‘on.




Uyga vazifa. «Toshkentnoma» she’rini yod oling.

  1. dars



1-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. Rasm asosida suhbatlashing.

    • Komil, bizning yurtimizda qanday sport turlari rivojlanganligini bila- sanmi?

    • Bizda sportning hamma turlariga e’tibor berilgan. Jumladan, boks, ba- diiy gimnastika, futbol, kanoeda eshkak eshish, dzyudo, og‘ir va yengil atle- tika, erkin va yunon rum kurashi, suzish va boshqa sport turlari rivojlangan.

    • Ha, sportchilarimiz Osiyo va Jahon chempionatlarida, Olimpiada

o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqdalar.

    • To‘g‘ri aytasan. O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga davlat siyosa- ti darajasida alohida e’tibor qaratilganligi sababli, Vatanimiz sha’nini butun dunyoga yanada ulug‘lashiga hissa qo‘shyapti. Eng muhimi, O‘zbekiston sportchilari hech kimdan hech qachon kam bo‘lmagan. Sport bilan shug‘ul- lanuvchilar uchun ko‘plab zamonaviy inshootlarning barpo etilishi ularni ruh- lantirmoqda.

2-topshiriq. Quyidagi matnni o‘qing va savollar asosida suhbatlashing.

Kurash
Kurash juda qadimiy sport turlaridan biridir. Kurash qadimiy va erkin kurash turlariga bo‘linadi. U rivojlanib o‘zbek kurashi nomi bilan dunyoga




  1. – O‘zbek tili 11-sinf

113







1-mashq. Chap ustunda berilgan tasviriy ifodalarni o‘ng ustundan mazmuniga mosini topib yozing.


aql gimnastikasi

rassom

qora oltin

shifokor

mo‘yqalam sohibi

neft

salomatlik posboni

shaxmat

charm qo‘lqop ustasi

bug‘doy

oltin boshoq

bokschi

2-mashq. Gaplarni o‘qing. Namuna asosida yozing.
Namuna: Sayohatchilar tuyalarda sayr qilishdi. Sayohatchilar sahro ke- malarida sayr qilishdi.




    1. Yüklə 3,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin