Rangtasvir fanidan “Non bozorida” mavzusidagi darsni tashkil etishda eng avvalo mashg‘ulotning borishi bosqichlari aniqlab olinadi.
Darsda yangi mavzuni o‘rgatish boskichlari
1. Non bozorida” mavzusini o‘rgatish uchun kerakli materiallar
2. Non bozorida” mavzusini tahlil etish.
3. Non bozorida” mavzusining amaliy jarayonlari bilan tanishish.
Darsda yangi mavzuni o‘rganish bosqichlari
1. YAngi mavzu va rejasi beriladi.
2. Kerakli didaktik materiallar ro‘yxati beriladi.
3. YAngi mavzu bayoni tushuntiriladi, uning ahamiyati talabalarga etkaziladi.
4. Talabalar diqqati jalb qilinadi.
5. mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘rganish.
6. mavzu bo‘yicha ijodiy ishlarni tahlil etish.
6. YAngi mavzuni tushuntirishda o‘qituvchi joyi doskaning talabalarga qarama-qarshi xolda bo‘lishi lozim va o‘zini erkin tutishi uchun barcha qulayliklarni muhayyo qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
7. Tushuntirish va ko‘rsatish jarayonida o‘qituvchi mavzu bayonini talabalarga mos bo‘lishi kerak joyda ovozni ko‘tarish va kerak joyda urg‘u berish kabi uslublardan foydalanish lozim. Tushuntirish tili ravon va sodda bo‘lishi talab qilinadi.
8. YAngi mavzuni tushuntirish ketma – ketligi namunaviy va ishchi dasturlarni talablaridan kelib chiqib tuziladigan savollar asosida amalga oshiriladi.
9. Tushuntirish jarayonida taqdimot material, kitob yoki tarqatma material bilan ishlashga ham ahamiyat beriladi. Darslikning imkon qadar darsda bo‘lgani ma’qul;
10.Doskadan albatta foydalanilishi kerak;
11. Tushuntirilgan mavzuni umumlashtiriladi.Tushuntirish jarayonida etibor kilinishi lozim bo‘lgan jixozlar;
12. Mavzuni o‘tgan mavzu bilan bag‘lash;
13. TSO ni ishlatish;
14. Predmetlar orasidagi aloqalarni ta’minlash;
15. Talabalarning chizishda amaliy ishini tashkil etishga imkoniyat yaratish;
16. O‘tilayotgan mavzuni ta’siri va o‘rganilish darajasini tekshirish. Bunda talabalarga savollar berib borish;
17. Kisqa muddatli savol javoblar o‘tkazib borish.
18. Darsni ziyraklik bilan tekshirib borish va undagi mavzuni bosib, talabalar e’tiborini o‘ziga qaratish, xar qanday harkatlarda e’tiborli bo‘lishi;
19.Talabalarning ishlariga izoh berish va tushuntirish, yaxshi amaliy ishlarni albatta rag‘batlantirish;
20. YAngi mavzuni mustaqil o‘rganish holatini yoki sharoit yaratilishini ta’minlash.
Ushbu mazkur bitiruv malakaviy ishining “Non bozorida” mavzusidagi dars mashg‘ulotini ana shu pedagogik faoliyat algortmi bo‘yicha tashkil qilinsa, o‘ylamizki, ta’lim samaradorligi oshiriladi.