O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə44/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hammavaqt chin, boshqasi esa xato bo‘ladi.
Yuqoridagi misollardan A – mulohaza chin bo‘lib, O – mulohaza xatodir. Shuningdek, I – mulohaza chin, E – mulohaza xatodir.
Sig‘ishadigan mulohazalardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan mulohazalar o‘zaro bo‘ysunish munosabatida bo‘ladi. Bunda umumiy mulohazalar bo‘ysundiruvchi, juz’iy mulohazalar bo‘ysunuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy mulohazalar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy mulohazalar ham chin bo‘ladi. Lekin juz’iy mulohazalar chin bo‘lganda, umumiy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Yuqoridagi misoldan A mulohaza chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysunuvchi I mulohaza ham chin bo‘ladi. Agar umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Misolimizda E mulohaza xato bo‘lgani uchun O mulohaza ham xato bo‘ladi. Ba’zi holatlarda umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, juz’iy mulohazalar chin bo‘ladi.
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz’iy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo‘ladi. Yuqoridagi misolimizda O – mulohazaning xatoligi aniq bo‘lgani uchun I – mulohaza chindir.

Ekvivalentlik munosabatidagi mulohazalar hammavaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, “A. Oripov – O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi” va “A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni” mulohazalari o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan mulohazalardir.
Mulohazalar o‘rtasidagi munosabatni M.Koen va Nagel uch turga: zidlik, bog‘lik emaslik (mustaqil) va bo‘ysindiruvchi mulohazaning bo‘ysinuvchiga munosabatiga bo‘ladi. Bu munosabatlarni mulohazalar (p va q) ning chinlik qiymatiga ko‘ra tahlil qilib, ularning to‘qqiz xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi23:

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q chin.


Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q chin.


Bunday holatda q ning chinlik qiymati p ning chinlik qiymati bilan cheklanmagan. Bunday bog‘langan mulohazalar mustaqil mulohazalar deyiladi.

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q chin.


Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q yolg‘on


Bunday bog‘langan mulohazalar ekvivalent deyiladi.

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q chin.


Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q noaniq.


Bunday bog‘langan mulohazalar bo‘ysindiruvchi mulohazaning bo‘ysinuvchiga munosabatini ifodalaydi. Bu “superimplikatsiya” munosabati deb nomlanadi.

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q yolg‘on. Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q chin.


Bu qarama-qarshilik munosabati.


  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q yolg‘on.


Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q yolg‘on


Bu holatda q yolg‘on bo‘lishi p ning chin yoki yolg‘onligiga bog‘liq emas. Shu mulohazaga

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q yolg‘on.


Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q noaniq.


Bu holatda p va q o‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uchun bir vaqtda chin bo‘lolmaydi, lekin bir vaqtda yolg‘on bo‘lishi mumkin.

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q noaniq.


Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q chin.


Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda yolg‘on bo‘lolmaydi, lekin chin bo‘lishi mumkin. Bunday mulohazalar subkontrar (qisman mos keluvchi) deyiladi.

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q noaniq.


Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q yolg‘on.


Bunda p ning q ga munosabati subimplikatsiya yoki bo‘ysundiruvchi q mulohazaga bo‘ysunish bo‘ladi.

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q noaniq.


Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q noaniq.


Bunda har ikki mulohaza mustaqildir, chunki p ning chinlik qiymati q ning chinlik qiymatini determinatsiya qilmaydi (asoslamaydi).
Shunday qilib, bir mulohaza yoki mulohazalar guruhi bilan va boshqa mulohaza yoki uning guruhi o‘rtasida yetti xil mantiqiy aloqadorlik mavjud.
Mulohazalar: 1) ekvivalent bo‘lishi, 2) bo‘ysundiruvchining bo‘ysinuvchiga munosabatda bo‘lishi, 3) bo‘ysinuvchining bo‘ysundiruvchiga munosabatida bo‘lishi, 4) mustaqil bo‘lishi, 5) subkontrar, 6) qarama-qarshi yoki 7) zidlik munosabatida bo‘ladi. bu yetti xil aloqadorlik mulohazalar o‘rtasidagi asosiy mantiqiy aloqadorliklar bo‘lib, har qanday muhokama yuritish bu munosabatlardan birining illyustratsiyasi sifatida qaralishi mumkin.
Mulohazalarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan aloqadorliklar bilishda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin