O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə85/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Argumentlash nazariyasi – til vositasida, auditoriya’ni ishontirishning turli xil usullarini tadqiq qiladigan, asoslar bilan asoslanayotgan fikrning o‘zaro aloqadorligini o‘rganadigan ta’limot.
Argumentlash haqidagi dastlabki bilimlar antik davr notiqlik san’atida shakllangan. Aristotelning “Ritorika”, “Topika” asarlarida argumentlash bilan bog‘liq masalalar ishlab chiqilgan. Fan tarixida argumentlashga munosabat turlicha bo‘lgan. O‘rta asrlarda Yaqin va O‘rta Sharqda ilmiy va falsafiy argumentlashga, notiqlik san’atiga qiziqish nihoyatda kuchli bo‘lgan. Yevropada o‘rta asrlarda argumentlashning turli usul va vositalari keng muhokama qilingan bo‘lsa, Yangi davrga kelib, ilm-fan mavqeining yuksalishi bilan, unga g‘ayri ilmiy g‘oyalarni asoslashga yordam beruvchi vosita, “sxolastik mashq” sifatida qarash kuchayadi. XVIII-XIX asrlarda esa argumentlash nazariyasi deyarli e’tibordan chetda qoladi.
XX asrga kelib, ijtimoiy fanlarning insonni, ijtimoiy jarayonlarni, inson tafakkurini o‘rganishga qaratilishi, kognitiv tadqiqotlarning paradigmalarini tadqiq etishni boshlab berdi. Hozirgi kunda argumentlash nazariyasi mantiq, fan metodologiyasi, kognitiv epistemologiya, germenevtika, lingvistika, psixologiya, sotsiologiya, huquqshunoslik fanlari tomonidan o‘rganilmoqda. Natijada, argumentlashni tadqiq etishga yangicha yondashuvlar, ya’ni kognitiv, mantiqiy, lingvistik, pragmadialektik va b. yondashuvlar shakllandi.
Argumentlashga kognitiv yondashuv – inson kognitiv sistemasi-ning modelini muayyan darajada ishlab chiqishga qaratilgan yondashuv. Argumentlashga kognitiv yondashuvning dastlabki sharti inson kognitiv sistemasining modelini muayyan darajada ishlab chiqishdan iboratdir. Kognitiv yondashuvda argument retsipiyent dunyosining modeli – nusxasini o‘zgartiradi, uning qaror chiqarish jarayoniga ta’sir qiladi.
Kognitiv sistemada “dunyo modellari” ni konstruksiya qilish va o‘zgartirish vositalari o‘rganiladi. Kognitiv yondashuv doirasida “argumentlash nazariyasi” tushunchasi ikki ma’noda qo‘llanishi mumkin: 1. Deskriptiv argumentlash; 2. Normativ argumentlash.
Deskriptiv argumentlash nazariyasi turli mantiqiy vosita va usullardan real o‘tayotgan argumentlash jarayonlarini tasvirlash uchun foydalaniladi. Deskriptiv argumentlash nazariyasining asosini argumentli dialoglarni tasvirlovchi tabiiy tildagi matnlarni o‘rganish tashkil etadi.
Normativ argumentlash nazariyasi vaziyatga mos ravishda ishontirishning eng samarali vositalarini aniqlab beradi. Vaziyat deganda, muloqotdagi tashqi holat, sharoit emas, balki kognitiv sistemaning o‘ziga xosligi va retsipiyentning ong holati nazarda tutiladi. Kognitiv yondashuv, birinchi navbatda, argumentlashning deskriptiv nazariyasini yaratishni taqozo qiladi, u esa, o‘z navbatida, normativ nazariya’ni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin