O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Xulio Florensio Kortasar(1914–1984)



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Xulio Florensio Kortasar(1914–1984)
Belgiyaning Bryussel 
shahrida tavallud topgan argentinalik yozuvchi. Uning yoshlik yil
-
lari Buenos-Ayres shahrida o‘tdi. Maktabni tamomlagach, Xulio 
poytaxtdagi universitetning adabiyot va falsafa fakultetiga o‘qishga 
kiradi, biroq mablag‘ yetishmaganligi sabab o‘qishgni tashlab, yetti 
yil qishloq maktabida o‘qituvchilik qiladi. 1944-yili u Mendosa shah
-
ridagi universitetda ishlay boshladi. 1951-yili adabiy yo‘nalishdagi 
stipendiyani qo‘lga kiritib, Ovrupaga ketadi va uzoq yillar davomida 
YuNeSKO tashkilotida tarjimonlik qilib, umrining oxirigacha Fran
-
siyada yashadi.
Adabiy faoliyatini simvolist-shoir sifatida boshlab, 1938-yili ilk 
“Hozirlik” she’riy to‘plamini chop ettirdi. Butun umri davomida 
she’rlar yozgan bo‘lsa-da, ularni nashrga bermagan. Yozuvchining 
birinchi “Ishg‘ol qilingan uy” hikoyasi ustozi Borxes tomonidan 
chiqariluvchi jurnalda 1946-yili chop ettirildi. 
Kortasar ijodidagi alohida jihat shundaki, uning o‘zi tayyorlab 
nashrga topshirgan hikoyalar har gal har xil holatda nashr ettiril
-
gan. Ular har gal qayta ishlangan, boyitilgan, syujet qobig‘ida 
turli munosabat qavatlari paydo bo‘la borgan. Bu esa uning 
asarlari haqidagi adabiy qarashlarning, tarjimalarning uzluksiz 
o‘zgarib borishiga olib keladi. Yillar davomida e’lon qilingan 
“Imtihon” (1945-yili yozilgan, 1986-yili nashr qilingan), “Yu
-
tuqlar” (1969), “Klassiklar o‘yini” (1963), “Yig‘ish uchun anda
-
za” (1968) romanlari, “Bestiariy” (1951) va “O‘yinning tugashi” 
(1956–1964) hikoyalar to‘plamlarida o‘qish va yaratish birdek 
davom etadi. G‘oya ichida g‘oya, syujet ichida syujet, obraz 
ichida obraz va ular yuzaga keltirayotgan matn ichida matnlar 
o‘quvchi shuurini doimiy band qilib turadi, oxiri yo‘q voqealarn-
ing yakunini o‘zi yaratishga majbur qiladi. Qayta-qayta o‘qish, 
har safar o‘qilganda turlicha tushunish, tushunishning o‘quvchi 
dunyoqarashiga mos ravishda kengayib va torayib borishi asarni 
o‘qishdagi asosiy jarayonga aylanadi. Bir qahramonni turli qi
-
yofada ikkilantirish, uchlantirish va ularni harakatning umumiy 
oqimida uchrashtirish kabi poetikaning yangi o‘yinlari rebusni 


324
yechgandagi huzurni beradi, o‘quvchilarda yangi adabiy ehtiyo-
jni tug‘diradi va bu ehtiyojni uning o‘zi qondiradi.
“O‘yinning tugashi” hikoyasida ichki qiyofaning o‘yinda, 
niqobda tashqi olamda namoyon bo‘lishi ifodalangan. Tashqi olam 
kasalmand qizning asl holatini yoqtirmadi va u yashashning yangi 
shaklida – o‘yin ichida, niqobda harakatni boshladi. Simvolika, tabi
-
iy psixologizm, oddiy syujetning tig‘iz va murakkab qavatlari asarda 
“sehrli” kuch yashirinib yotgandek tasavvur uyg‘otadi.
“Roman ochkolar bo‘yicha yutsa, hikoya nokautlar bilan g‘olib 
keladi”
– (R.Arlt) deb hisoblagan, Kortasar novella janrini yuqori 
cho‘qqilarga olib chiqdi va 
“Xronoplar va famlar” (1962), “Hamma 
olovlar – olovdir” (1966), “Bu yerda aylanib yurgan kimsa” (1977), 
“Qandaydir Lukas” (1979), “Biz Glendani shunday sevamizki…” 
(1980), “Vaqtdan tashqarida” (1982) novellalar to‘plamlarini chop 
ettirdi. 
1967-yili XX asr ikkinchi yarmi Lotin Amerikasi adabiyotidagina 
emas, balki jahon adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri paydo 
bo‘ldi. Ana shu mashhur “Yolg‘izlikning yuz yili” romanining mual
-
lifi kolumbiyalik yozuvchi

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin