O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Internet adabiyoti
 XXI asr avvalidanoq internet keng yoyildi. Sekin-asta esa inter-
net  adabiyoti  paydo  bo‘lib,  u  ma’lum  ma’noda  an’anaviy,  qog‘oz 
shaklidagi adabiyot o‘rnini egallay boshladi. 100–120 yil davomi-
da doimiy chiqib kelgan gazeta-jurnallar jahonning ko‘pgina yirik 
mamlakatlarida  XXI  asrning  ilk  choragiga  kelib  yopila  boshladi. 
Odamlarning qiziqishlari, ehtiyojlarida inqilobiy burilishlar sodir 
bo‘ldi.  Natijada  ma’lum  muddat  adabiyot  va  san’atga  e’tibor  su-
saydi. Ammo bu hodisalar birdaniga yuz bermadi, aksincha, uning 
kurtaklari o‘tgan asrning ikkinchi yarmida insonlar dunyoqarashi-
dagi  siljishlar  bag‘rida  nish  urgan  edi.  Xususan,  ana  shu  evrilish-
larni boshidan kechirgan Fransiyada XX asrning 70-yillaridan keyin 
“she’riyat o‘ldi” deya ovoza qilishdi. Xuddi shunday e’tiroflar sobiq 
Ittifoq territoriyasiga XX asrning oxirgi 10 yilligi va yangi (XXI) 
asrning avvalida tilga tushdi. Masalan, internet adabiyoti portallar-


333
ida shunday rasm paydo bo‘ldiki, u dunyoning adabiyotga bo‘lgan 
bitta kayfiyatini qisman o‘zida aks ettirar edi: qabriston, qabr tosh-
iga “Stixi RU”
56
 deb yozilib, gul, aroq va gazak qo‘yilgan. Lekin 
bu  surat  dunyodagi  xilma  xil  kayfiyatlarning  hammasini  to‘la  qa-
mrab ololmaydi. Chunki olam keng va u turfa axborot, turfa kay-
fiyatlar quchog‘ida nafas oladi. Yer yuzining qayeridadir adabiyot 
so‘lib borsa, qayeridadir u qaddini tiklashi, yaproq yozib, meva tu-
gishi mumkin. Shunga qaramay, zamonaviy dunyo bugun umumiy 
adabiy buhronni o‘z boshidan kechirayotganligidan ham ko‘z yu-
mib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham XX va XXI asr o‘zbek shoirasi 
Zebo Mirzo “Gul davralar meniki emas, Mening uyim ko‘krak qa-
fasim” deb yozadi. Bu misralar tagzaminidagi ma’no XX va XXI 
asr she’riyatiga bitta o‘zak chiziq bo‘lib tortiladi. Ya’ni inson (shoir) 
tashqaridan ichkari(botin)ga kirdi va u yerdan turib atrofni kuzata 
boshladi.  Bungacha  esa  shoir  tashqarida,  u  yerdagi  umum  ish  bi-
lan band edi. Nafaqat parchalanib ketgan sobiq Ittifoq territoriya-
sida, balki butun dunyo mamlakatlarida umumiy ahvol shunday edi. 
Ovrupada  “ichkariga  yurish”  biroz  oldinroq  (Ikkinchi  jahon  uru-
shidan keyin) sodir bo‘lgandi. Modernizm hodisasi shundan keyin 
kuchaydi. Ispan esteti va faylasufi X.O. Gasset XX asrga kelib inson 
o‘z e‘tiborini ichkariga qaratganini aytadi. Uning shu fikri
57
 butun 
boshli jahon adabiyotidagi tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini 
yetarlicha ochib bera oladi.
Bir tomondan qog‘oz shaklidagi adabiyotga talab ozayib bory-
apti,  ikkinchi  yoqdan  esa,  she’riyatning  internet  sahifalarida  om-
malashib borayotganligi kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar vositasi-
da targ‘ib qilinayotgan adabiy janrlar orasida she’riyat peshqadam. 
Masalan, ayrim jahon shoirlarining instargramda 100.000 dan ziyod 
obunachilari bor. Obunachilar shoirlarning ham xuddi artistlar kabi 
shoular tashkil etishlarini yoqlab chiqishmoqda. Shu orqali shahar-
lar aro kezib, auditoriya to‘plab, o‘z she’rlarini jonli o‘qib berishmo-
56
 Moskvada o‘tkazilgan xalqaro kongressdagi suhbat. 
http://echo.msk.ru
 
(U. Hamdamov tarjimasi).
57
 Rus she‘riyati.


334
qda. Buning uchun esa shoirlar o‘z ijodlarini internet orqali targ‘ib 
qilishadi. Internetda ayol she’riyati ham ommalashib bormoqda.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin