O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Oy o‘rtanar, ko‘zlarida yosh, 
Ko‘ksi dog‘u yuragi qiyma:
“Ey falak, men edim quyosh,
Nega meni qilding tarjima?”


336
Tarjima qilingan asarlar mohiyatini juda teran bir tarzda ochib 
beradigan  to‘rtlik  bu.  Chunki  oy  bir  paytlar  quyosh  edi,  tarjima 
qilingandan so‘ng oy darajasiga tushib qoldi, ya’ni kichrayib, nuri 
ozaydi. Demak, har qanday asar tarjimadan so‘ng bir daraja quy-
iga qarab ketadi, degan xulosa yashiringan yuqoridagi to‘rt qator 
she’rda.  Darhaqiqat,  ko‘pincha  shunday  bo‘ladi.  Lekin  o‘z  ishin-
ing ustasi bo‘lgan haqiqiy tarjimon asliyatga muqobil tarjima us-
tida o‘ylaydi, izlanadi. Zero, tarjimadan keyin quyoshning quyosh, 
oyning oy bo‘lib qolishi eng mukammal tarjima natijasi hisoblanadi. 
Quyoshni oy darajasiga tushirgan va yoki, aksincha, oyni quyosh 
darajasiga ko‘tarib qo‘ygan tarjima ham mukammal sanalmasligi 
lozim. Chunki to‘g‘ri va baland tarjima asliyat ruhini saqlab qola 
olgan tarjimadir.
Tarjimon asar ruhiga kira olib, asar mag‘zini “o‘ziniki”ga aylan-
tirib olsagina uning o‘girmalari muvaffaqiyatga erishadi. Shunday 
muvaffaqiyatli tarjimalardan biri o‘zbek shoiri Usmon Nosirga te-
gishli bo‘lib, u rus shoiri Mixail Lermontovning “Demon” dostonini 
yuksak darajada o‘zbekchaga o‘girgan. Tarjimon doston mazmunini 
“o‘ziniki”ga aylantirib olgan. Asar xuddi o‘zbekchada bitilgan kabi, 
ravon, haroratli o‘qiladi. Ayni chog‘da aytish joizki, tarjimada “Fa-
moningga yig‘lab cho‘kay tiz” degan “ortiqcha” misra paydo bo‘lib 
qolgan. Bu misra Usmon Nosirda bor-u, Lermontovda yo‘q. Xo‘sh, 
nega? Tarjimonning bunga nechog‘li haqqi bor? Nazariyaga qara-
sangiz, haqqi yo‘q. Asliyat va tarjimani qiyoslagandan keyin esa an-
glashiladiki, tarjimon doston ruhiga shu darajada chuqur kirganki
go‘yo  uning  ijodkoriga  aylangan.  Xuddi  Lermontov  kabi.  Hamda 
ijodkor ruh kayfiyatini qog‘ozga to‘kkan:
Dengizlarning tublarin quchay,
Bulutlardan balandga uchay.
Yer ne’matin senga tutay qiz,
Farmoningga yig‘lab cho‘kay tiz,
Sevgin meni!..


337
Darhaqiqat,  go‘zal,  haroratli  misralar! Aynan  shu  misra  mam-
lakatning eng baland tog‘i cho‘qqisiga tikilgan bayroqqa o‘xshaydi. 
Bu  o‘rinda  bayroq  o‘sha  mamlakatning  borligiga,  kuch-qudratiga 
yo‘naltirilgan  bir  ramz  bo‘lgani  yanglig‘,  “Farmoningga  yig‘lab 
cho‘kay  tiz” misrasi ham oshiqning sevgilisiga bo‘lgan cheksiz 
ishqidan bir dalil, nishon. Aynan shu misrada uning ma’shuqasi uc-
hun har narsaga tayyor ekanligi ayonlashadi. Qolaversa, aynan shu 
misra “Usmon Nosir” deb atalgan tarjimon, ayni paytda, shoir mam-
lakat qudratini ham ko‘z-ko‘z qilguvchi bayroqdir. Birgina shu bay-
roqqa qaraboq tarjimonning yusak iste’dodiga guvoh bo‘lish, undan 
hayratlanish mumkin. Bu misralar asliyatda quyidagicha:
Я опущусь на дно морское,
Я полечу за облако.
Я дам тебе все, все земное –
Люби меня!.. 
Tarjimadagi  ijodkorlik  (“Farmoningga  yig‘lab  cho‘kay  tiz”)  ni 
qofiya (“qiz – tiz”) taqozosi deb ham talqin qilish mumkindir, ehti-
mol. Lekin gap faqat bunda emas. Asliyat qofiyasiga e’tibor berilsa, 
u yo‘q (“Morskoe – zemnoe” qofiya emas). Bu borada (ya’ni qofiya 
masalasida)  tarjima  varianti  ustun  ekanligini  e’tirof  etmoq  kerak. 
Lekin asliyat o‘zicha go‘zal. U shu darajada go‘zalki, hatto qofiyaga 
muhtoj emas. “Я опущусь на дно морское, Я полечу за облако” 
misralarining ma’no, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimasi “Dengizlarn-
ing tubiga tushaman (tushay), Bulutlarning ortiga uchaman (uchay)” 
bo‘lar  edi.  Usmon  Nosir  Lermontov  chizgan  manzarani  Lermon-
tov  taklif  qilgan  badiiy  gap  konstruksiyasiga  ko‘ra  emas,  balki 
o‘z so‘zlari bilan qayta yozadiki, natijada “Dengizlarning tublarin 
quchay, Bulutlardan balandga uchay” kabi oltin misralar, chinakam 
ijod, asliyatga tengma-teng ijod namunasi dunyoga keladi. Chunki 
dengizning tubiga tushish bilan uni quchish, bulutlarning ortiga uch-
ish bilan ulardan balandga uchish o‘rtasida yer bilan osmoncha farq 
bor. Xuddi oddiy gap bilan she’riy misra orasidagi tafovut kabi. 


338
Tarjima tarixiga nazar tashlasak, asosan, ikki xili ko‘zga yaqqol 
tashlanib turadi. Biri – taglamali (подстрочный) tarjima, ikkinchisi 
– mazmun tarjimasi. Aslida, badiiy tarjima necha xili bo‘lishiga qa-
ramay, eng muhimi, asar ruhi to‘g‘ri tarjima etilmog‘i shart. Shu ruh 
berildimi, qolgani katta-kichik tahrirlar bilan tuzatilishi mumkin. 
Ruh berilmasa-chi, barchasi bekor: chiroyli so‘zlar, silliq gap kon-
struksiyalari, hikmatli so‘zlarning o‘rinli ekvivalentlari, qo‘yingki, 
butun “toat-ibodat” suvga oqadi-ketadi. 
Tarjima muhim. Shu darajada muhimki, u asar taqdirini yo bor 
qiladi, yo yo‘q. Hozirgi zamonga kelib esa jahon adabiyoti va tar-
jima qarshisida talay muammolar paydo bo‘ldi. Xususan, Moskvada 
o‘tkazilgan davra suhbatida tarjimon va jurnalist Irina Kuznetsova 
aytadi: “Tahririyatga fransuzcha she’rlar oqib keladi. Ular, asosan, 
Rembo, Verlen, Mallarme she’rlaridir. XX asrning ikkinchi yarmi-
ga oid she’rlardan juda kam yuborishadi. Yuborishsa ham turgan-
bitgani dahshat! Ular tarjimasini hech kim uddalay olmaydi, axir!.. 
Gap shundaki, 50–60-yillarda fransuz adabiyotida navbatdagi inqi-
lob sodir bo‘ldi. Nazarimda, xuddi shundan Fransiyada zamonaviy 
poeziya boshlandi. Yangi avlod “reallikni boshdan oyoq ramzlashtir-
gan” syurealizm merosiga qarshi bosh ko‘tarishgan edi. Syureal-
izm  estetikasini  Fransis  Ponj  “romantik-lirik  saraton  ishig‘i”,  deb 
atagan.  Xullas,  lirika  ma’nosini  ohanjamadan  xoli  qilaman,  deya 
novatorlar oshirib yuborishdi: axlat uyumiga nafaqat qofiya va po-
etik ko‘chimlarni chiqarib tashlashdi, balki she’riyatning barcha 
vositalarini gumdon qilishlariga sal qoldi. Ularni uslublarida she’rga 
joy qolmadi. Bir fransuz tanqidchisi bu davrni “muzlash davri” deb 
nomlagandi, adashmasam. Nihoyat, mana yaqindagini “erish” bosh-
landi. “Muzlash davri”ning she’rlari ikki-uchta, bir-biri bilan hatto 
grammatik jihatdan bog‘lanmagan so‘zlardan iborat edi. 70-yillarn-
ing oxirlarida fransuz shoirlari bizga (Rossiyaga) kelganda so‘radik: 
“Har bir so‘zingizning ortida nima turibdi? Ular ortidagi bo‘shliqni 
nima bilandir to‘ldirishimiz kerak, axir!..” Chunki, masalan, xitoy 
va  yapon  she’rlarining  ortida  an’ana,  o‘qilishi  bilan  ma’rifatli  in-
son qalbida tug‘iladigan ko‘plab assotsatsiya turadi. Bu yerda esa 


339
urushdan keyingi manzara yodingizga tushadi”. Bu fikrga javoban 
forumning yana bir ishtirokchisi Yevgeniy Bunimovich quyidagicha 
fikr bildiradi: “Zamonaviy fransuz she’riyatini zamonaviy tarjimon-
lar  tarjima  qilishi  kerak.  Men  boy  madaniy  konteks  faqat  yapon-
larda  bor,  degan  fikrga  qo‘shilmayman.  O‘qimishli  fransuz  uchun 
o‘z konteksti ortida ko‘p narsa turgan bo‘lishi, uni ruschaga oddiy 
so‘zlar bilan tarjima qilganimizda u sezilmasligi mumkin. Chunki 
ruschada u kontekst yo‘q...” Davra suhbatining yana bir ishtirokchisi 
Mark Freydkin aytadi: “Mening qiziqishim XIX va XX asrning bi-
rinchi yarmi,deylik. 30 yoshlilarni 30 yoshlilar va hatto undan ham 
yoshlar  tarjima  qilishi  kerak.  Ayniqsa,  bugungi  she’riyat  shaklan 
butunlay boshqa, yangi qiyofaga kirib borayotganda. Men ba’zan 
ingliz tilida qanday yozishayotganiga qiziqib internetga kiraman. 
Aytish kerakki, kaminaning an’anaviy qarashlari bilan hamohangligi 
yo‘q internetdagi she’rlarning. Shu uchun menga katta gonorar tak-
lif qilishsa-da, men ularni tarjima qilmayman. Bu ularning rasvoligi 
yoki yozishni eplay olmaganidan emas. Yo‘q, ular bor-yo‘g‘i boshqa 
tilda yozishyapti, ular qo‘llagan badiiy priyomlar menga notanish. 
Boshqa auditoriyaga mo‘ljallangan she’riyat bu”
58
.
Bu  munozaradan  ham  ko‘rinib  turibdiki,  tarjimada,  tarjimonda 
gap  ko‘p.  Tarjimon  hammani  tarjima  qila  olmaydi.  Tarjimon  o‘z 
ruhi, o‘z dunyoqarashi, o‘z didi va o‘z yo‘nalishiga muvofiq tush-
gan asarnigina qoyillatib tarjima qilishi mumkin. Qolaversa, bir xil 
tizilgan so‘zlar zimnida ikki millat ijodkori ham, o‘quvchisi ham 
tamomila boshqa-boshqa ma’nolarni tushunishi mumkin. Ularning 
bir-biriga muvofiq tushishi uchun ikki millat vakilining yashash sha-
roitlari, shartlari va boshidan kechirganlari o‘rtasida talay mushtarak 
jihatlar bo‘lmog‘i lozim.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin