O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi
 Tarjima zamonaviy dunyo uchun bag‘oyat muhim masala. Chun-
ki tarjima – muloqotning eng ta’sirchan va uzoq yashovchan shak-
llaridan biri, u nafaqat bir insonning o‘zga bir inson bilan, balki bu-
tun boshli bir millatning boshqa bir millat bilan diydor ko‘rishuvidir. 
Bugungi  axborot  asrida,  har  tomonlama  integratsiyalashuv 
tig‘izlashgan, tezlashgan zamonda madaniyatlararo muloqotsiz old-
inga xotirjam bir odim ham qo‘yib bo‘lmasligini tobora chuqurroq 
tushunib borilayotgani – haqiqat. Jahon adabiyoti ham tarjima bilan 
tirik. Faqat har qanday tarjima emas, balki millat ko‘nglining, millat 
botiniy qiyofasining tarjimasigina o‘zini oqlaydi. “Har bir odamning 
yuragida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi”, degan edi A. Frey-
tag. Millat guli hisoblanmish ijodkor ziyolilar faoliyatida esa (ya’ni 
ijodlarida) bu qiyofa o‘zining butun qirralari bilan, ayniqsa, to‘liqroq 
namoyon  bo‘ladi.  Bu  qiyofa,  avvalombor,  millatning  o‘zgarmas, 
barqaror tabiatini, har bir xalqning o‘zigagina xos o‘zak xususiyatla-
rini o‘zida mujassam etadi. Tarjima orqali mana shu o‘zlikni tanitish 
kerak bo‘ladi. Bunday tanishuv esa o‘zga tillarga tarjimasiz, xorijiy 
tillarni mukammal bilishsiz mumkin emas. Zero, “Til robitai vosi-
tai olamiyondir”. Mana, nima uchun tarjima bugun hayotu mamot 
masalasiga  aylanib  borayapti  ekan. Aksi  taqdirda,  o‘z  javharidan, 
turlanmaydigan asos-mohiyatidan mahrum bo‘lgan millat qiyofasiz 
bir holga tushib, globalizmning ayovsiz girdobiga tortiladi-da, o‘z 
ildizidan, bora-bora esa o‘zligidan ham ayrilib, o‘zi bor-u, nomi va 
shoni yo‘q odamlar to‘dasiga aylanadi. Bunday qismatni hech bir 
xalq aslo o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Demak, jahonga so‘z bilan o‘zlikni 
namoyon  qilishning  birdan  bir  yo‘li  –  baland  saviyali,  asliyatga 
muqobil badiiy tarjima yo‘lidir.
Biroq  tarjimada  ham  tarjima  bor.  Tarjima  bor  –  asliyatning 
“panjasiga panja uradi”, tarjima bor – asliyat mohiyatini to‘la yet-
kazib berolmaydi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, dunyoda har bir 


335
katta ijodkorning o‘z tarjimoni bo‘ladi. Ana o‘sha tarjimon paydo 
bo‘lmaguncha ijodkor o‘zga millat uchun noma’lumligicha qolav-
eradi. Hatto uning yuzlab tarjimonlari bo‘lib, har yili bittadan kitobi 
o‘nlab tillarga tarjima qilinsa ham, foydasi kam bo‘ladi. Aksincha, 
nomarg‘ub tarjima ijodkor haqidagi tasavvurni buzib, o‘quvchining 
nazaridan tushiradi. Demak, munosib tarjimoni paydo bo‘lmaguncha 
ijodkor “hech kim”. Uning faqat nomigina davralarda-yu kitoblarda-
gi sanoqlarda aylanishi mumkin. Lekin hech qachon tarjima etilgan 
millat  vakillarining  yuraklariga  kirib,  onglarida  e’zoz  topmaydi. 
Shu ma’noda rassom yoki bastakorga havas qilish mumkin. Chunki 
ularning biri rang, boshqasi esa ohang tilida ijod qilishadi. Rang 
va ohang tili esa universal tillar hisoblanib, hamma davrlarda va 
barcha ellar uchun tushunarli bo‘lib qolaveradi. Ya’ni bu “til”lar 
tarjimaga ehtiyoj sezmaydi. Bu “til”lar tarjima hodisasidan ustun 
hodisalardir. (Harakat san’ati – ayrim dramatik asarlar ham shun-
day. Ya’ni, masalan, so‘zsiz, mimika asosiga qurilgan spektakllarni 
oling). So‘z san’ati esa ayni shu yerda yuqoridagi san’atlar bilan 
bellasha  olmay  qoladi.  Ayni  shu  yerda  adabiyotning  hududiga 
chegara uriladi. U tarjima bo‘lgandan so‘nggina “bojxona”dan 
chet  mamlakat  hududiga  o‘tishi  mumkin.  Biroq  u  endi  kattaroq 
boshqa bir dovonga duch keladiki, uning ismi o‘zga tilli, boshqa 
tafakkurli o‘quvchidir. So‘z san’ati namunasi muvaffaqiyat bilan 
tarjima etilgandagina o‘zga mamlakat o‘quvchisining yuraklariga 
kirishi mumkin. Shu ma’noda, asliyatda hatto har tomonlama dur-
dona hisoblangan asar ham tarjimadagi o‘z muvaffaqiyatini yuzlab 
yillar kutishi mumkin. Ungacha esa u “yopiqliq qozon”dek sirini 
ichida yashirib turaveradi.
Tarjima og‘ir yumush. O‘zbek shoiri Erkin Vohidov yozadi:

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin