O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Qadimgi Xitoy adabiyoti 
Ilk bitiklardagi adabiyot. Birinchi  ierogliflar  m.a.  XV  asrga 
oid bo‘lib, suyakdan yasalgan tablichkalarda ilohlar irodasini ifoda 
qilgan: “Bolalarga don ekishni buyurish”, “O‘ttizta odam va o‘nta 
buqani qurbonlikka keltirish”, “Agar odamlarning boshini qurbon-
likka keltirsang, shoh yordam oladi” kabi.  Keyin bu tablichkalar 
olovga tashlangan hamda ularda qanday yoriqlar paydo bo‘lishiga 
qarab ilohlarning munosabat-javobi haqida xulosa qilishgan. 
“I Szin” (O‘zgarishlar kitobi). Nasroniylar uchun “Injil” qanday 
ahamiyatga molik bo‘lsa, xitoyliklar uchun bu kitob o‘shanday qim-
matli hisoblanadi. Bi kitobning mazmuni, afsonaga ko‘ra, dengiz yu-
zasiga chiqib qolgan toshbaqaning kosasiga suvratlar shakli (geksa-
gramma) da chizilgan. Kitob o‘ziga xos fol kitobi hsioblanadi. Kitob 
m.a. XXI asrdan m.a.VI asr oralarida vujudga kelgan degan har xil 
qarashlar mavjud. Hatto uni Konfutsiy nomi bilan bog‘lashadi. Asar 
sekin-asta sayqal topib, fol kitobidan falsafiy traktatga aylangan. 64 
ta geksagrammada aks etgan hayot bosqichlaridan inson taqdiri bun-
yod bo‘ladi, degan qarash ilgari surilgan. Mas., 1. Ijod. 2. Ado etish. 
3. Ilk qiyinchiliklar. 4. G‘o‘rlik. 5. Kutish zarurati va h.k…
“Shi Szin” – qo‘shiqlar kitobi. Qadimgi xitoy she’riyati hisob-
lanib, XII-VII asrlarga oid. Undan turli tuman janrlardagi qo‘shiqlar 
o‘rin olgan. Didaktika, totem, marosim, qarg‘ish, kul‘t yo‘nalishidagi 
va yana boshqa mavzulardagi qo‘shiqlar mif hamda fol‘klor ruhi bi-
lan qo‘shilib ketgan.
Xitoyda epopeyaning yo‘qligi dunyoqarash bilan, undagi antrop-
otsentrizm bilan bog‘liq. Xitoyliklar go‘zallikni alohida bir shaxs va 
uning tuyg‘ulari bilan emas, balki tabiat va jamiyat bilan bog‘liq holda 
ko‘rishadi. Shu negizda ikki dunyoqarash paydo bo‘lgan: konfutsiylik 
(jamiyatga qaratilgan nigoh) va daosizm (tabiatga qaratilgan nigoh).


26

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin