Ispan adabiyoti Ispaniya Uyg‘onishi (shuningdek, 1580–1640-yy. ispan qirollari
qo‘l ostida bo‘lgan Portugaliya) o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib
turadi. XV asrning ikkinchi yarmida bu yerda kapitalistik munosa-
batlar shakllana boshladi, sanoat va tashqi savdo aloqalari o‘sdi, feo-
dal munosabatlar inqirozga yuz tutdi.
Ispan ma’rifatparvarligi va gumanizmining o‘ziga xos tomonlari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– rekonkista harakatining Ispaniyani turli viloyatlarida turli davr-
larda bo‘lishi oqibatida mustaqillikka erishgan ispan viloyatlarida
qonunlar, urf-odatlar turlicha bo‘lishiga olib keldi. Qaytarib olingan
yerlarda va bu yerda barpo bo‘lgan shaharlarda dehqonlar va shaha-
rlar bir-biridan farq qiluvchi huquq va erkinlikka ega bo‘ldilar. Nati-
jada turli viloyatlar bilan qirollik o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘ldi.
– XVI asrda Ispan sanoati keskin qisqardi. Buning asosiy sababi
Amerikaning ochilishi va mamlakatga oltinning ko‘plab keltirilishi
bo‘ldi. Ispanlar uchun o‘zida ishlab chiqarishdan ko‘ra chetdan tovar
olib kelish qulay edi. Dehqonchilikka ham putur yetib, yer katta feo-
dallarning qo‘liga o‘ta boshladi. Ko‘plab dehqonlar baxt izlab yangi
yerlarga keta boshladilar.
Ispan absolyutizmi (ayniqsa, qirol Karl I davrida) dunyo hokimli-
giga intilar ekan, bunda uni harbiy kuch va katolik cherkovi qo‘llab-
quvvatlar edi. Lekin Ispaniya XVII asrning ikkichi yarmida Ovrupa
ning ikkinchi darajali davlatiga aylanib qoldi. Ispaniya Uyg‘onishi
quyidagi davrlarga bo‘linadi:
– Ilk Uyg‘onish davri (1475–1550-y.);
– Rivojlangan Uyg‘onish davri (1550-XVII asrning boshlari).
Ispan Renessans she’riyatida lirika va epik doston turlari rivoj-
117
landi. XVI asrning 30-yillarida shoirlar Boskan va Gosilaso dela-Ve-
lar italyan poetik formalarini (kansona, elegiya, eklog, noma, sonet)
ispan adabiyotiga olib kirdilar.