123
personajlarning psixologiyasi, fikr-tuyg‘ulari, xatti-harakatlarida
chuqur ma’no bor, pyesada ana shu ulkan o‘zgarishlarning kishilar
ongiga qanday ta’sir etayotganligi badiiy vositalar orqali aks ettiril-
gan. Hamlet uchun masala qirolning qatl etilishi, o‘ch olishda emas,
balki nima uchun shunday bo‘ldi, insonning burchi, yashashning
ma’nosi nimadan iborat ekanligini anglab yetishida.
Shekspir “Hamlet”i shoh asar deb tanilishining sababi unda jami-
yatning eng katta muammolari – tarix, davlat, siyosat, falsafa, axloq,
odob, estetika, din masalalarini qamrab, bularning hammasini san’at
tili bilan insonning ruhiy kechinmalari orqali berilishidir.
Dunyo adabiyoti tarixida hali hech qaysi asar haqida shunchal-
ik ko‘p va shunchalik qarama-qarshi tadqiqot yaratilgan emas
(1877–1935-yillar orasida ikki mingdan ortiq kitob va maqolalar
yozilgan).
Shekspir asarlari XX asrning 30–40 yillaridan boshlab, taniqli
o‘zbek adiblari tomonidan ona tilimizga tarjima qilina boshlan-
gan. Ayniqsa uning asarlari G‘.G‘ulom, M.Shayxzoda, Uyg‘un,
B.Boyqobilov, J.Kamol tomonidan mahorat bilan o‘zbek tiliga
o‘girilgan.
Demak, Uyg‘onish davrida Ovrupa madaniyati, ilm-fani, san’ati
beqiyos darajada rivojlandi va yuksaldi. Antik merosni o‘zlashtirgan
Uyg‘onish davri vakillari poetik prinsplarni shakllana boshlagan
milliy adabiyotlar nuqtaiy nazaridan idrok qildilar. Adabiyot va
jamiyat munosabatlari, so‘z san’atining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va
vazifalari yangicha talqin qilinib nasroniy cherkovining adabiyot-
ga ta’siri susaya bordi. Aynan shu davrda “Adabiy til” tushunchasi
paydo bo‘ldi va uning umumxalq tili bilan munosabati masalasiga
oydinlik kiritildi, badiiy ijodning individual tabiati, san’atkorning
ijodiy erkinligi e’tirof etildi, poeziya mavjudligining asosi sifatida
inson – ijodkor markazga qo‘yildi. Natijada jahon adabiyoti tarixida
muhim bosqich sanalgan Uyg‘onish adabiyoti keyingi davrlar ad-
abiyotiga ijobiy ta’sirini o‘tkazdi.
Dostları ilə paylaş: