O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

(1606–1684)  Ruan shahrida sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Iuzit 
maktabida o‘qidi. Huquqshunoslikni o‘rganib, advokat bo‘lib ishla-
di.Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni Kornelning do‘sti uni o‘z sevgan qizi 
bilan tanishtiradi. Qiz esa Kornelni yoqtirib qoladi. Ana shu voqean-
ing kulgili tomoni uni komediya yozishga undaydi. Shunday qilib, 
«Melita» komediyasi yaratildi. Shundan so‘ng «Beva», »Qirollik», 
«Maydon» , «Sud galereyasi» komediyalari yaratiladi. Ammo Ko-
rnelga  uning  tragediyalari  shuhrat  keltiradi.  1635-yilda  «Medeya» 
tragediyasi antik yozuvchilar Evripid va Senekaning Mediya haqida-
gi asarlari syujetidan olinadi. Ammo, voqea asosida mifologik tarix 
yotsa ham, Kornel o‘z zamonasi aristokratiyasini yaramasiliklarini 
fosh etadi. 
Kornel 1636-yilda fransuzlar faxriga aylangan «Sid» tragediya-
sini yaratdi va Fransuz Akademiyasi tragediyani sinchiklab o‘rganib 
chiqadi.  1639–1641-yilda  u  «Goratsiy»,  «Sinna»  asarlarini  yoz-
di.  1652-yilda  ijodiy  omadsizlikka  uchragandan  so‘ng  «Pertarit» 
tragediyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutib, Kornel 7 yil ijod qilmadi. 
1659-yilda  «Edip»  tragediyasini  yozdi.  1662-yilda  Parijga  ko‘chib 
kelib yozishni davom etadi, ammo uning shuhrati so‘na boshlayo-
tgan  edi.  Bu  davrda  yangi  iste’dod  –  Rasin  shon-shuhratga  ega 
bo‘layotgan edi. Kornel 1674-yilda umuman yozishni bas qiladi va 
10 yildan so‘ng 1684-yilda vafot etdi. Bir kuni Kornel bir necha yil 
bo‘lmagan teatrga keladi. Uni tanib aktyorlar o‘yinni to‘xtatishadi. 
Zalda to‘xtovsiz qarsaklar yangraydi. Ammo shon-shuhrat Kornelga 
moddiy manfaatdorlik keltirmaydi. U umrining oxirida moddiy qiy-
inchilikda hayot kechiradi.


132
Kornel  tragediyalarning  asosiy  personajlari  qirollar  yoki  buyuk 
qahramonlardir.  Uning  fikricha,  hokimiyatga  ega  bo‘lgan  buyuk, 
kuchli va erkin shaxslar o‘z his-tuyg‘ularini namoyon etishda ham 
mustaqil harakat qilib, insoniy jihatlarni o‘zlarida to‘liq mujassam-
lashtira oladi. Kornel nuqtayi nazari bo‘yicha, asosiy dramatik kon-
flikt aql va tuyg‘u, iroda va xohish,burch va ehtiros o‘rtasida bo‘lib, 
bunda aql, iroda va burch g‘olib bo‘ladi. Dramaturgning tarixiy 
tragediyalari ham XVII asr Fransiya mutlaq hokimiyati manfaatlari-
ga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin