153
Dramaturg o‘zining dramasida xalq afsonalaridan foydalanib,
xalq ichidan chiqqan Vilgelm Tell obrazi orqali xalqning ozodlik,
milliy birlik haqidagi orzu-istaklarini va unga erishish yo‘lidagi
mashaqqatlarini ko‘rsatib beradi.
Shillerning “Makr va muhabbat” fojiasi 1936-yili Komil Yas-
hin, 1939-yili Ma’ruf Hakim tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qil-
ingan, Asqad Muxtor esa 1954-yili “Qaroqchilar” tragediyasini
o‘zbekchalashtirgan. Har ikki asar Milliy Akademik drama teatrida
sahnalashtirilib, zo‘r muvaffaqiyat bilan namoyish qilindi.
1795-yilda «Kishini estetik jihatdan tarbiyalash to‘g‘risida xat-
lar» nazariy maqolasini yozadi. Uning fikricha, inson go‘zallik ta’siri
ostida, insonparvarlar haqqoniy bo‘ladi va hayotdagi nuqsonlar bar-
taraf etiladi va aql-idrok, ozodlik, tenglik hukm suradi.
U yozuvchilarni o‘z asri farzandi (quli emas) bo‘lishiga, o‘z
davri ehtiyojiga qarab yozishga chaqiradi. «Qaroqchilar» (1781-
yil)da Graf Maksimilian fon Moorning ikki o‘g‘li Karl ( Lepsigda
o‘qiydi) va Frans (shuhratparast) bor. Karl qarzga botib, yordam
so‘rab yozgan xatlarini Frans qari otasiga buzib, soxtalashtirib
o‘qib beradi, akasiga tuhmat qiladi. Graf Karldan voz kechadi.
Ilojsiz Karl qaroqchilar guruhini tuzadi(Butun mamlakatga dah-
shat soladi). Otasi bundan xabar topadi. Frans bir kishini yollab,
otasiga Karlning o‘limi haqida yolg‘on xabar beradi. Hasta graf
olamdan o‘tadi. Frans otasi o‘rnini egallaydi va saroyda adolatsi-
zlik o‘rnatadi. Begona kishi qiyofasida saroyga kelgan Karl bar-
chasidan xabar topadi. Sevgan qizi Amaliyani qaroqchilar tutib
qaroqchilar huzuriga keltiradi. Ammo Karl sevgan bilan birga
Amaliyaga xanjar uradi. O‘zini hukumat qo‘liga topshirmoqchi
ekanini qaroqchilarga ma’lum qiladi. Qaroqchi Karl jamiyatni
o‘zgartirmoqchi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: