O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Gotxolpd Efraim Lessing (1729–1781)



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Gotxolpd Efraim Lessing (1729–1781). Germaniyaning 60-yil-
lar adabiy hayotida Lessing yyyetakchi o‘rin egallaydi. U zamona-
sining ulug‘ mutafakkiri, iqtidorli tanqidchisi, adabiyot va san’at 
nazariyotchisi, shoir va dramaturgi edi. Lessing adabiyotni hayotga 
yaqinlashtirdi, unga ijtimoiy yo‘nalish baxsh qildi. U yangi nemis 
adabiyotiga asos soldi, Shiller va Gyotelar Lessingning shogirdi 
edilar. 
XVIII asrning 50-yillarida Lessing she’rlar, masallar va o‘zining 
birinchi tragediyasi “Sara Sampson xonim” (1755) ni chop ettirdi. 
Lessing  “Laokoon”  (1766)  hamda  “Gamburg  dramaturgiyasi” 
(1769) nomli asarlarida xalqchil san’at estetikasining nazariyotchi-
si sifatida maydonga chiqdi. Muallifning bu har ikkala risolasi 
ma’rifatchilik  san’atida  realizm  prinsplarini  isbotlashga  va  barqa-
ror  qilishga  qaratilgan.  “Laokoon”  risolasi  bilan  adib  zamonasida 
juda ko‘payib ketgan mazmunsiz tasvirlar she’riyatiga qarshi chiqdi. 
Asar klassitsizm adabiyotining asoslariga zarba berdi. Klassitsizm 
estetikasi, san’at asari faqat “go‘zal tabiatni” tasvirlab berishi kerak, 
deb hisoblar edi. Bunga qarshi Lessing haqqoniy san’at hayotdagi 
xunuk, salbiy voqealarni ham yoritishi kerak, deb chiqdi. 
Lessingning ko‘plab teatr taqrizlari asos bo‘lgan “Gamburg dra-
maturgiyasi”  to‘plami  haqli  ravishda  nemis  ma’rifatchilik  haraka-
tining  dasturilamali  bo‘lib  qoladi. To‘plamda  u  san’atning  tabiati, 
uning jamiyatda tutgan o‘rni va vazifasiga, borliq harakati va san’at 
haqiqatiga oid masalalarni o‘rtaga tashladi. Lessing san’at hayotni 
aks ettirsagina o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi, deb qattiq ishonadi. 
Chinakam san’atning vazifasi faqat podshohlar va zodagonlar hayo-
tini emas, balki oddiy kishilar hayotini ham aks ettirishdan iborat 
bo‘lishi kerak. Lessing xalqchil san’at uchun kurashadi. “Saroy ki-
shi tabiatini o‘rganadigan joy emas”, deb fransuz klassitsizmini rad 


151
qiladi. U dramaturgiyani Shekspirdan o‘rganishga chaqiradi. 
Lessingning fikricha, tragediyaning vazifasi kishilarni insonpar-
varlik ruhida tarbiyalash. Lessingning dramaturgik qarashlari “Sara 
Sampson xonim” tragediyasida o‘z ifodasini topdi. 
Kemens shahrida dindor oilasida tug‘ildi. U avval Leypung uni-
versitetida, so‘ngra Berlin va Vittenburgda o‘z ma’lumotini oshirdi. 
1767–1769-yillarda  Gammburgda  yashaydi.  Teatr  tashkilotchilari-
dan biri. «Gamburg dramaturgiyasi» teatrida qo‘yilgan asarlar taqri-
zlardan iborat. 1770-yil moddiy qiyinchilikda gersoglik kutubxonasi 
mudiri bo‘lib ishlaydi. Yozuvchi 52 yoshida juda kambag‘allikda 
vafot etadi.
Lessingning «Gamburg dramaturgiyasi» asari nemis ma’rifatchilar 
dasturiga aylandi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin