158
mon yo‘llarga olib boraman, uning intilishlarini, orzularini puchga
chiqaraman, deydi. Asarning asosiy konflikti va tuguni shu yerdan
boshlanadi.
Kim – erk, hayot deb jang qilolsa har kun,
Erk-u hayot uchun o‘sha munosib.
Xuddi shunday mehnat, kurash va havas
Band aylasa yosh-u keksa – har kimni,
Shunday kunda ko‘rsam edim bir nafas
Ozod diyorimni, ozod xalqimni.
Faust tilidan aytilgan ushbu misralar u anglab yetgan haqiqatning,
inson umrining mazmunini belgilab beradi. Gyote o‘z tragediyasida
bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil kuchlar to‘qnashuvini ko‘rsatadi. Bu
kuchlarning biri Faust, u ilg‘or dunyoqarash, yorug‘lik timsoli. U
buyuk olim,
ijodkor inson, odamlar baxt-saodati uchun kurashadi.
Faust ilmga tashna, ilm-ma’rifatning kuchi bilan kishilarga ezgulik
qidiradi. O‘z xalqini ma’rifatli qilish uchun Injilni tarjima qiladi.
Shoir tinmay olg‘a yurishni, to‘xtovsiz harakat qilishni targ‘ib qiladi,
chunki u harakat insoniyat kelajagini munavvar qilishiga ishonadi.
Gyotening asari zamondoshlarini o‘rta asr uyqusidan uyg‘otishga,
o‘z hayotini qurishga da’vat qiluvchi chaqiriq ham edi. Shoirning
qahramoni davr munosabatlarini o‘zida mujassamlashtirgan ki-
shi. Asosiy qahramonlardan biri bo‘lgan shayton Mefistofel o‘zida
shubha, inkor ham vayronalik kuchlarini mujassamlashtirgan. Shay-
ton hamma vaqt Faustni yo‘ldan ozdirishga, uning yuragida shubha
qo‘zg‘ashga urinadi. Faustni olijanob intilishlardan chalg‘itib, haq-
iqat, insoniyat oldidagi burchlarini unutishga undaydi.
Gyote asrining ikkinchi qismida qadimgi Yunoniston mavzusi
asosiy o‘rin oladi. Yelena antik dunyoning go‘zallik
timsoli sifatida
gavdalanadi. Faust bilan Yelena o‘rtasidagi nikoh ramziy ma’no kasb
etadi. Faust qo‘lida qolgan Yelenaning kiyimlari qadimiy san’atning
olijanob tasviri, belgisidir. Gyotening fikricha, oltin davr o‘tmishda
emas, istiqbolda, kelajakda.
159
“Faust” asari XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi nemis ad-
abiyotining falsafiy va badiiy yutug‘i bo‘ldi. Bu asar ustida Gyote
60 yil davomida ishladi. «Faust»ni yozish niyati unda studentlik yil-
laridan boshlangan edi.
Afsungar doktor Faust haqidagi afsonalar XVI asrda paydo
bo‘lgan. 1592-yil. Kristofer Marlo «Doktor Faustning fojiyaviy
tarixi» sahna asarini yaratdi. XVII-XVIII asarda tabiat sirlarini
o‘zlashtirgan doktor haqida Germaniyada turli kitoblar bosilib
chiqqan edi. Demak, tragediyada bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil kuch-
ning to‘qnashuvi tasvirlanadi. Faust-ilg‘or dunyoqarash, yorug‘lik
timsoli. To‘xtovsiz harakat,
yaratish, bunyodkorlik uning asosiy shi-
ori. U ilmga tashna, Injilni tarjima qilgan. Myefistofel shubha, inkor,
vayronachilik kuchlarini mujassamlashtirgan. U Faustni yo‘ldan ur-
moqchi bo‘ladi.
Jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Faust”
ni o‘zbek kitobxoni shoir Erkin Vohidov tarjimasida ona tilida
o‘qimoqda. Gyotening buyuk “Faust” fojiasi bilan birga bir qa-
ncha she’rlari o‘zbek tiliga M.Shayxzoda, Shukrullo, Erkin Vohi-
dov, Sadriddin Salimov tomonidan tarjima qilingan. “Yosh Vertern-
ing iztiroblari” romani Yanglish Egamova tarjimasida o‘zbek
tiliga
o‘girilgan.
Dostları ilə paylaş: