O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

O, bu bol takallum, o, qarash qiyg‘och, 
Ko‘rgummi sizni bot, eshitgummi bot?
Quyida xuniga cho‘mgan Muhabbat,
Taqdiridan rozi o, bu, sumbul soch!
O, bu, ajib chehra, qahri boshda toj,
Zorman-u ko‘rgani, cho‘chirman, hayhot!
O, bu ishq choyshabi va’da qilgan tot!
Yotsam yondiradir, hohlasang-da, qoch!
Navozish va sehr-u jodu ko‘rsatib, 
Qiyo boqur ahyon-ahyonda bir-bir,
Ma’no qorishadir bor hayotimga.
Va shu on hasad-la olay, deb tortib – 
Shu zarra haqqim bor, fortuna-taqdir,
Beomon g‘animday shoshar oldimga.
(Shukur Qurbon tarjimasi).
Italyan sonetlarida katrenalarning birinchi misra uchinchisi bilan 
qofiyadosh  bo‘lsa,  ikkinchisi  to‘rtinchi  misra  bilan  qofiyalanadi  – 
abab abab, yoki ikkinchi varianti – abba abba.
Tersetlarda ham misralar ikki xil ko‘rinishda qofiyalanadi: I vari-
ant – cdc dcd; II variant – cdc cdc. Petrarka ko‘proq ikkinchi vari-
antdan foydalangan.


112
Odatda, sonet shunday quriladiki, birinchi katrenada bildirilgan 
fikrga ikkinchi katrenadagi mulohaza qarama-qarshi qo‘yiladi; sonet 
mulohazalarni tugallovchi o‘y-fikrlar bilan yakunlanadi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin