Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminallashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi.
Media-shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va mediashlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Mediashlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi.
N.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar tomonida N.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, kommunikatsiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi.
N.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini ta’minlaydigan qurilmadir.
Radius serveri foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar doirasida o‘tuvchi tovush va ma’lumotlarni uzatish seanslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilishini ta’minlaydi.
Next Generation Network – NGN nomini olgan konvergent tarmoqlari bitta xizmat - aloqa xizmati uchun qulay bo‘la oladi. Ushbu tarmoq operatorlarining boshqaruvchi uskunasi uni qaysi abonent qurilmasi (IP-telefoniya terminali, mobil telefon, Internet tarmog‘ining ishchi stansiyasi) bilan o‘zaro ishlashini belgilab beradi va shunga muvofiq aniq xizmatlarni hamda ular uchun talab etiladigan resurslarni taqdim etadi. Foydalanuvchi NGN tarmoqni «qora quti» 1 kabi ko‘rib chiqiladi, unga qanday protokollar oqimidan foydalanilishi, qanday transport muhiti taqdim etilishining farqi yo‘qdir. Uning uchun oxirgi qurilmaning tegishli imkoniyatlari bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish fakti ahamiyatli bo‘lib kelmoqda.
Bunday masalani hal etish uchun standart protokollaridan foydalani-ladi. Softswitch bog‘lanishlari bilan boshqaruv qurilmalari H.248/MEGACO protokollari yordamida shlyuzlar bilan aloqada bo‘lish va ko‘rsatiladigan xizmatlarni boshqarish holatida bo‘ladi. Turli SoftSwitch o‘rtasidagi kommutatsiya SIP, Q.1901/BICC protokollarini qo‘llashda amaga oshiriladi, bir nechta serverlar funksiyalaridan foydalanish yordamida amalga oshiriladigan xizmatlarni ko‘rsatish ilovalar (API) ochiq standart dasturiy interfeyslarni qo‘llash uchun asoslanadi.
1.2 - rasm. NGN tarmog‘ining boshqaruv tizimi
Xizmatlarni boshqarish pog‘onasi, xizmatlarni boshqaruvchi mantiqiy funksiyalarni jamlaydi va quyidagilarni ta’minlovchi taqsimlangan hisoblash muhitini taqdim etadi:
-infokommunikatsion xizmatlarni taqdim qilish;
-xizmatlarni boshqarish;
-yangi xizmatlarni yaratish va joriy qilish;
-har xil turdagi xizmatlarni bog‘liqligi ta’minlash. NGN tarmog‘ining boshqaruv tizimi 1.2-rasm keltirilgan
NGN tarmog‘ining asosiy xususiyati shundaki, paketlarni marshrutlashtirish va uzatish hamda tarmoq qurilmalari (kanallar, marshrutizatorlar, kommutatorlar, shlyuzlar) fizik va mantiqiy jihatdan xizmatlar va chaqiruvlarni boshqarish qurilmasidan alohida ajratilgan bo‘ladi.Uni quyidagi rasmda (1.3-rasm) ifodalash mumkin.
NGN tarmog‘ining bu xususiyati telekommunikatsiya dunyosidagi boshqa tarmoqlarni, IP-tarmog‘ini, TfUF dan ajratib turadi.
Barchamizga ma’lumki hozirda respublikamizda NGN tarmog‘ini qurish ishlari jadal olib borilmoqda. Avtomatik Telefon Stansiyalarda (ATS) HUAWEI kompaniyasining C&CO8 kommutatsiya tizimi o‘rnatilmoqda. Bu amalda UFTT dan asta-sekinlik bilan NGN tarmog‘iga o‘tishning asosiy omilidir.O‘tishning birinchi qadami yuqorida e’tirof etganimizdek, mavjud tarmoqlarni yagona tarmoqqa birlashtirishdir.(1.3-rasm)
1.3-rasm. NGN tarmog‘ining mantiqiy ko‘rinishi
Yangi tarmoq MPLS (Multi Protocol Label Switching) texnologiyalarining oxirgi yutuqlari bazasi asosida quriladi.
Yangi avlodning (NGN) aloqa tarmog‘i, tarmoqni boshqarishning mustahkam imkoniyatlariga ega bo‘lgan, cheklanmagan xizmat turlarini, tarmoq muommolarini takommillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni amalga oshirish, shuningdek tarqoq kommutatsiyaga ega bo‘lgan universal transport tarmoqlarini qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |