117
«Prinsipal-agent» modeli davlatning faoliyat ko`rsatishi bilan bog`liq
quyidagi xavf-xatarlarni aniqlash imkonini beradi. Birinchidan, davlat buyuk
monstr – Leviafanga aylanib, o`z nazorati sohasini tomonlar
bilan aniq kelishilgan
bitimlar doirasidan tashqariga ham yoymaydimi, degan xavf-xatar haqida 1651
yildayoq mashhur ingliz faylasufi Tomas Gobbs o`zining aynan «Leviafan» deb
nomlanuvchi kitobida ogohlantirgan edi. Ikkinchidan, bir tomondan,
davlat kuch
ishlatishni qo`llash uchun monopoliya huquqidan foydalangan holda, fuqarolarning
manfaatlarini inkor etmaydimi? Ikkinchi tomondan, fuqarolar davlat tomonidan
ko`rsatiladigan xizmatlar haqini to`lashdan bosh tortishga urinib,
huddi jamoat
transportidagi oddiy chiptasiz kimsa kabi, o`zlarini opportunistlarcha
tutishmaydimi? Chunki davlat xizmatlari va jamoat transporti xizmatlari ijtimoiy
farovonlik xususiyatiga ega.
Ikki taraflama «prinsipal-agent» muammosining
qay tarzda hal etilishiga
qarab, davlatning turli modellari shakllanadi. Nazariy jihatdan yakka hisob-
kitoblardan hosil bo`lgan davlat shartnoma vositasi sifatida, murakkab almashuvga
ko`maklashish va uni amalga oshirish vositasi sifatida paydo bo`ladigan
davlatdan
mutlaq farq qiladi.
O`z navbatida, davlatning ikkita ideal modeli mavjud. Biz, D.Nort bo`yicha,
«shartnomaviy» deb ataydigan birinchi model yuqorida sanab o`tilgan
muammolarni hal etish chog`ida paydo bo`ladi. Ikkinchi – «ekspluatator» modeli
unda davlatning ham, fuqaroning ham opportunistik xatti-harakatiga to`siq mavjud
bo`lmagan davlat faoliyatini yoritadi. O`zaro munosabatlarning
ikkala tomoni ham,
bir-birida birinchi navbatda dushmanni ko`rgan holda, o`z zimmasiga olgan
majburiyatlarni ado etmaydi. Shu o`rinda har bir modelni batafsil ko`rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: